Samarqand dunyoning eng go’zal 15 ta shahari ro’yxatiga kiritildi

Spread the love

Avstraliyaning “Skyscanner” axborot portali ekspertlari “Instagram” ijtimoiy tarmog’idan foydalanuvchilar uchun sayyoramizning eng go’zal joylari reytingini tuzib chiqdi.

Yer yuzidagi 15 ta eng ajoyib shahar kiritilgan ro’yxatning oltinchi pog’onasidan o’zining tarixiy durdonalari bilan dunyoga tanilgan ko’hna va hamisha navqiron Samarqand shahri ham o’rin oldi.

Mutaxassislarning aytishicha, ular fotosuratlar olish uchun juda ham mos hamda unutilmas taassurotlar hadya etadi.

Quyida mazkur reyting bilan to’liq tanishib chiqishingiz mumkin:

1. Reykyavik, Islandiya;

2. Kvinstaun, Yangi Zelandiya;

3. Skay oroli, Shotlandiya;

4. Baykal ko’li, Rossiya;

5. Annapurna, Nepal;

6. Samarqand, O’zbekiston;

7. Giza va Luksor, Misr;

8. Yelloustoun milliy parki, AQSh;

9. Langkavi, Malayziya;

10. Machu-Pikchu, Peru;

11. Kioto, Yaponiya;

12. Guylin, Xitoy;

13. Nandi, Fiji;

14. Uluru, Avstraliya;

15. Kilimanjaro, Tanzaniya.

manba:hordiq.uz

Вам может понравиться

Добавить комментарий