Registon ansambli – Samarqand gavhari

Spread the love

Registon ansambli— Samarqandning Registon maydoni.

Registon maydonida 3 Madrasa (Ulug’bek madrasasi, Tillaqori Madrasa, Sherdor Madrasa) dan iborat me’moriy majmua.Dastlab Ulug’bek madrasasi (1417—20) bunyod etilib, keyinchalik qarshisiga — maydon sharqiga Ulug’bek xonaqohi (1424), shimolga Mirzoyi karvonsaroyi, janubga Alika Ko’kaldosh Juma masjidi (1430) qurdirgan, yonida esa yog’ochdan xotamkori uslubida masjidi Muqatta va Abusaid madrasasi qurilgan. 15-asrning 20—40-yillarida Registon hashamatli me’moriy ansamblga aylangan. 17-asrda Samarqand hokimi Yalangto’sh Bahodir vayrona holatdagi Ulug’bek xonaqohi o’rniga Sherdor Madrasa (1619—1635/36) ni, Mirzoyi karvonsaroyi o’rniga Tillaqori madrasa masjidi (1646/47— 1659/ 60) ni qurdirgan. Registon ansambli o’zining rang-barang koshinkori bezaklari; naqshinkori peshtoqlari, ulkan gumbazlari bilan O’rta Osiyo me’morligining noyob yodgorligi hisoblanadi.

Вам может понравиться

Добавить комментарий