Pivo ichimligining salbiy oqibatlari

Spread the love

Yoz faslining jaziramasi boshlandi deguncha Pivo bozori anchayin yurishib qoladi, Xaa jaziramada muzdakkina pivo ichganga nima yetsin. Ammo,…Siz bu spirtli ichimlik nimalarga qodirligini bilmaysizda. Aksiga olib dunyoda pivo ichuvchilar ko`paysa ko`payyabdiki ammo kamaymayabdi. Bunga sabab esa insonlar pivoni sog’lik uchun hafsiz deb o`ylashlaridir,

Aslida esa pivo bu alkogolizim, katta qorin, yurak og’rig’i, hasta jigar deganidir.

Demak endi faktlar…

Oshqozonga ta`siri:

Pivo ichilganda oshqozondagi suyuqlik ishlab chiqaruvchi bezlar avvaio bu suyuqlik ishlab chiqarishni ko`paytiradi, keyin esa bu qobilyatini yo`qotadi. Buning oqibatida ovqat to`la hazm bo`lmay oshqozonda turib qoladi yoki hazm bo`lmay ichaklarga tushadi. Buning oqibatida organizimda qusish yoki gastret yoki ich qotishi yuzaga keladi. Shuni aytish joizki surunkalik gastret ummumiy behollik, kayfiyatni tushishi, ishlash qobilyatini pasayishi, og’iz bo’shlig’ida temir va taxir ta`m sezish, qorindagi og’riq va ko`krak ostida og’riq turishi bilan kechadi.

Jigarga ta`siri:

Buni bilasizmi, alkagol jigarni birinchi raqamli dushmani hisoblanadi. Jigar insonning organizimida tozalash vazifasini bajaradi. Agar jigarni faqat pivo bilan kurashishga undasak bu uning antitaksin vazifasini ishdan chiqaradi. Bunday holatlarda jigar boshqa azolarga qarshi zararli moddaiarga qarshi turolmay qoladi. Bu mast qiluvchi ichimlikni doimiy ichish yoki haftada kamida uch marta ichish jigarimizni yallig’lanishiga olib keladi, Bazi holatlarda gepotitni ham keltirib chiqaradi. Hafli tomoni shundaki surunkali gepotit yashirin holda kechadi. Agar vaqtida to`xtatilmasa jigar sirroziga olib boradi.

Buyrakka ta`siri:

Pivo ichish kasaliga uchraganlarda yani pivoni haftasida kamida uch marta ichmasdan turolmaydiganlarda buyrak tomirlari skilirozi, buyrakka qon quyilishi, buyrak infarkti bazi holatiarda esa buyrakni ummuman qurib qolishi holatlari ro`y beradi. Spirt bir-birini bog`lab turgan hujayralarni yo`q qilishi natijasida buyrak kichrayib ummuman qovjirab qoladi.

Yurakka ta’siri:

Tanadagi eng katta vazifani bajaruvchi a’zo bu yurakdir. Yurak kuniga ko`p miqdordagi suyuqlikka nasos vazifasini bajarishi oqibatida tashqi tarafini yog` bosadi, ichi esa shalvirab qoladi. Pivo ko`p ichish oqibatida yurak tez ura boshlaydi va aritmeya hastaligi kelib chiqadi. Qon bosimi esa oshadi. Jismoniy harakat qilganda tez charchab, nafas olish og’irlashadi. Pivoga mukkasidan ketgan insonlarda yurak ishimeiya kasaliglga uchrash ehtimoli juda katta. Bu degani yurak muskullarini bo`shashishi va yurakni kattalashishi oqibatida yurak faoliyatida yetishmovchiliklar ro`y beradi, Bu esa insultdan o`lish ehtimolini ikki martaga oshiradi.

manba: tibbiy materiallar asosida

Вам может понравиться

Добавить комментарий