Ovozli yordamchilar haydovchini telefonda oddiy so‘zlashuvga nisbatan ko‘proq chalg‘itadi

Spread the love

Yuta universiteti (University of Utah) olimlari natijasi quyidagi ma’lumotlarni bergan yangi tadqiqot ishini olib bordilar. Tadqiqotning maqsadi ovozli buyruqlardan foydalanishda haydovchi diqqatining susayishini o‘rganish bo‘yicha izlanishlar olib borishdan iborat. Ma’lumki, mobil telefonidagi so‘zlashuvlar haydovchi diqqatini sezilarli darajada susaytiradi va yo‘llarda ta’sirlanish xususiyatini yomonlashtiradi.

Buning uchun Bluetooth-garnituralari, ovozli aloqa tizimlari, shuningdek, ovozli boshqaruv kabilarni o‘ylab topganlar. Haydovchining qo‘llari rulda, ko‘zlari yo‘lda bo‘lsada, miya smartfonda shaxsiy yordamchiga yoki avtomobil ko‘ngilochar tizimlariga buyruq berib, baribir, mazkur vazifalardan chalg‘iydi. Tadqiqotda keyingi besh yil mobaynida yo‘l harakati hodisasiga uchramagan 21 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan 300 nafar xohlovchilar ishtirok etdilar. 257 kishi avtomobil ko‘ngilochar tizimlaridan foydalanishda diqqatni jamlash, 65 kishi — smartfonda shaxsiy yordamchi (Siri, Google Now va Cortana) bo‘yicha testdan o‘tdilar.

yt_23_11_2015

Odam ovozli buyruqlar berganida uning ta’sirlanish davri 650 ms.gachani tashkil etadi, bunda me’yoriy darajasi taxminan 425 ms.ni tashkil etadi. Masalan, oxirgi ovozli buyruqdan keyin haydovchining miyasi 27 soniya o‘tgach diqqatni jamlaydi. Ha, hatto musiqani almashtirish yoki bir necha qisqa so‘zli SMS xabarini shunchaki aytib turmoqchi bo‘lsangiz ham, diqqatni to‘liq tiklanishi uchun yarim daqiqa ketishi mumkin. Bundan tashqari, turli avtomobillar ko‘ngilochar tizimlari va shaxsiy smartfon yordamchilari besh (5 ball — eng yuqori darajasi) baho bilan baholangan. Haydovchilarni ko‘proq Mazda 6 avtomobil tizimi (4,6 ball) chalg‘itadi, shaxsiy smartfon yordamchilari o‘rtasida Cortana (3,8) yomon natija ko‘rsatdi.

yt_23_11_2015_1

Ma’lumotlarga muvofiq, telefonda oddiy so‘zlashuv chog‘ida haydovchilarning chalg‘ish darajasi 2,5, garnituradan foydalanishda — 2,3 ni tashkil etadi, ya’ni telefonda oddiy so‘zlashuv, ovozli boshqaruvga nisbatan haydovchini kam chalg‘itadi. Radio tinglaganingizda bu ko‘rsatkich 1,2 darajada bo‘ladi. AQSH transport vazirligi bergan ma’lumotlarga qaraganda, 2013-yilda haydovchining diqqati chalg‘iganligi munosabati bilan yo‘l harakati hodisasi natijasida 3154 kishi bevaqt olamdan ko‘z yumgan va 424 ming kishi jarohatlangan.

Manba: uz.infocom.uz

Вам может понравиться

Добавить комментарий