Mikroto’lqinli pechlar haqida 4 afsona

Spread the love

Ko’pchilik mikroto’lqinli nurlanish sog’liq uchun havfsiz ekaniga shubha qiladi. “Layfhaker” bunday qo’rquv qanchalik asosli ekaniga oid surishtiruv ishlarini o’tkazib, bu boradagi malumotlari bilan bo’lishdi.

1. Mikroto’lqinli pechda taom tayyorlash mahsulotlaridagi ozuqaviy moddalar miqdorini kamaytiradi

Maxsulotlarni engilgina qayta ishlash, shu jumladan isitish va sovutish ularning jismoniy hususiyatlari, kimyoviy tarkibi va ozuqaviy qiymatining o’zgarishiga olib keladi. Mikroto’lqinli pechda tayyorlangan taom faqat haddan ziyod yuqori harorat yoki uzoq vaqt ushlangandagina ko’p ozuqaviy moddalarini yo’qotadi. Vaqt va haroratning o’zaro mutanosibligi oziq-ovqat mahsulotlarining foydasi va tami saqlanib qolishiga yordam beradi.

Картинки по запросу calentar comida en microondas

Mikroto’lqinli pechda taom tayyorlash sog’liq uchun foydali vitaminlar va boshqa moddalar miqdorini kamaytirmaydi. Mahsulotlar tezroq pishgani tufayli ularda hatto kimyoviy moddalar, polifenollar va aksiloksidantlar yahshiroq saqlanib qoladi.

Odatda issiqlik bilan qayta ishlashda mahsulotlarda hammasidan ko’p S vitamini buziladi. Biroq bu asosan qaynatish jarayoniga tegishli, chunki suvda eruvchan ozuqaviy moddalar suv qaynaganda osonlikcha yuvilib ketadi. Mikroto’lqinli pechda bu vitamin suvga nisbatan kamroq yo’qoladi.

Shuningdek tadqiqotchilar mikroto’lqinli pech, bug’ va tezpishar qozon (skorovarka)da sabzavotlar (karam, sabzi, gulkaram, ismaloq)ning tayyorlanishini taqqoslashdi. Ma`lum bo’lishicha, tezpishar qozonda tayyorlangan sabzavotlar ichak uchun foydali erimaydigan ozuqa to’qimalarini mikroto’lqinli pech va bug’da tayyorlangan sabzavotlarga nisbatan ko’proq yo’qotgan.

2. Mikroto’lqinli pechda tayyorlangan mahsulotlar saraton kasalligini keltirib chiqaradi

Hozirda eng yahshi o’rganilgan kanserogenlardan biri geterosiklik aromatik aminlar (HCA) hisoblanadi. Ular issiqlik bilan qayta ishlanganda oqsilga boy mahsulotlarda (masalan, baliq va go’shtda) hosil bo’ladi, ayniqsa ular yuqori haroratda tayyorlanganda.

Картинки по запросу use microwave oven

Issiqlik bilan qayta ishlash HCA xosil bo’lishiga sezilarli tasir ko’rsatadi. Bazi malumotlarga ko’ra, tova yoki duhovkada tayyorlangan tovuqqa nisbatan mikroto’lqinli pechda tayyorlangan tovuqda ko’proq HCA hosil bo’ladi. Biroq muntazam ravishda mikroto’lqinli pechda tayyorlangan tovuqni istemol qilish saraton kasalligini keltirib chiqarishiga doir hech qanday tasdiq yo’q.

Mikroto’lqinli pechda tayyor taomni muzlatish yoki isitish umuman bu kanserogenning hosil bo’lishiga olib kelmaydi.

3. Plastik idish mikroto’lqinli pechda isitilganda sog’liqqa ziyon etkazadi

Taomlar plastik idishda mikroto’lqinli pechda isitilganda palstikdagi bazi kimyoviy moddalar taomga tushishi va saraton rivojlanish xavfini oshirishi mumkin. Biroq bugungi kunda aksariyat plastik idishlar yuqori xaroratga chidamli qilib mahsus ishlab chiqarilmoqda. Bunday idishlarda u mikroto’lqinli pechda foydalanish uchun yaroqli ekaniga ishora qiluvchi belgi bo’ladi. Bunday plastik taom sifatiga ziyon etkazish ehtimoliminimal darajada.

4. Mikroto’lqinli pechda qayta ishlash zararli bakteriyalarni o’ldiradi

Har qanday issiqlik bilan qayta ishlash ovqatdan zaxarlanish xavfini sezilarli darajada pasaytiradi. Faqat muammo shundaki, mahsulotlarni mikroto’lqinli pechda isitishda harorat teng taqsimlanmaydi. Pechdan ovqatni olganda, bazi joylari isigan, bazilari esa isimagan bo’lishini sezgandirsiz, hoynahoy. Bu zaxarlanish xavfini oshiradi. Shuning uchun mikroto’lqinli pechda taom isitayotganda uni aralashtirib turishni unutmang, shunda taom bir hil isiydi.

Картинки по запросу microwave safe containers

60 darajadan yuqori haroratda zaharlanishni keltirib chiqaruvchi aksariyat bakteriyalar halok bo’ladi. Ular ishlab chiqaruvchi toksinlar esa yuqori haroratlarga ko’proq chidamli. Ular hatto isitilgandan keyin ham mahsulotlarda qolishi mumkin.

Shunday ekan, mikroto’lqinli pechda qayta ishlash sexrli tarzda bakteriyalarni o’ldirib, buzilgan ovqatni havfsizga aylantirishiga umid qilmang. Oziq-ovqat mahsulotlari aynidimi, sog’lig’ingizni havf ostiga qo’ymay, uni istemol qilishdan saqlaning.

Manbaa: bestmob.net

Вам может понравиться

Добавить комментарий