Ishdagi jismoniy harakatlar sport mashg‘ulotlarining o‘rnini bosa olmaydi!

Spread the love

Ishi jismoniy harakatlar bilan bog‘liq bo‘lgan odamlar shuning o‘zi yetarli deb o‘ylaydi va ko‘pincha sport bilan shug‘ullanishga e’tibor bermaydi.Lekin ishdagi faollik sport zalidagi mashg‘ulotlarning o‘rnini bosolmaydi.

Ishda siz hamma mushaklar guruhlarini ishga tushira olmaysiz

Ko‘pchilik hollarda jismoniy mehnat doim bir xil bo‘ladi, ya’ni siz har kuni bir xil vazifalarni bajarasiz. Bunda bir xil mushaklar guruhlari ishlaydi, boshqalari esa bo‘shashib qoladi va tetikligini yo‘qotadi.

Ba’zi mushaklarning zo‘riqishi va ba’zilarining bo‘shashishi tanada muvozanatsizlikni keltirib chiqaradi, qomatni buzadi va tayanch-harakat tizimining har xil kasalliklarini keltirib chiqaradi.

Buning natijasida turli xil kasb kasalliklari — impindjment-sindrom, orqadagi og‘riqlar, bo‘g‘in kasalliklari paydo bo‘ladi.

Sport zalida siz mushaklarning barcha guruhlarini ishlatadigan dastur bo‘yicha shug‘ullanasiz. Siz zaif mushaklarga ham e’tibor berishingiz, disbalansdan qutulishingiz va qomatingiz muammolarini ham hal qilishingiz mumkin.

Siz harakatlarning xavfsiz texnikasini shakllantirmagansiz

Sport zalida mashqlar bajarish texnikasi va odatiy yashashdagi harakatlar bir-biri bilan uzviy bog‘liq. Agar siz shtangani orqangizni egib ko‘tarsangiz, yashashda ham og‘irlikni umurtqa uchun xavfli bo‘lgan tarzda ko‘tarasiz.

Sport zalida trener rahbarligida siz harakatlarning texnikasini yo‘lga qo‘yasiz, to‘g‘ri harakatlanishga o‘rganasiz va bu bilimlarni hayotingizga ham tatbiq qilasiz.

Siz harakatlanishdan bunday huzur ololmaysiz

Ish kamdan-kam hollarda yoqimli narsalar bilan birga qo‘shilib ketadi. Bundan tashqari, o‘zingizning tanangizga e’tibor ajratish uchun sizning vaqtingiz juda kam.

Sport zalida siz ishingizdan, oilangizdan, muammolardan dam olasiz.

Sport zaliga borish — miyani yengillashtirish va tanaga e’tibor qaratishning eng yaxshi usuli.
Manba: Daryo.uz

Вам может понравиться

Добавить комментарий