Chet el fuqarolariga eslatma

Spread the love

Rossiya Federasiyasi hududiga kirib kelayotgan chet el fuqarosi, chegara nazoratining mansabdor shaxslari tomonidan bepul berilgan migrasion kartasini olib, to’ldirishga majbur.

Migrasion kartasi rus tilida to’ldiriladi.

Chet el fuqarosi rus tilini bilmagan holda, o’z xaqidagi ma’lumotlarini – pasportida ko’rsatilgan lotin alifbo harflari bilan yozilishiga ruxsat beriladi.

Migrasion kartasini to’ldirish jarayonida RFsiga kirish maqsadini aniq va tug’ri ko’rsatish lozim:

  • mehnat faoliyatini amalga oshirish maqsadida – rabota,
  • mehmon bo’lib turish maqsadida – chastnaya va hokazo.

Rossiya Federasiyasi hududida bo’lish vaqti davomida, migrasion kartasi chet el fuqarosining yonida mavjud bo’lishi lozim.

Migrasion kartasi yaroqsiz holga kelganda yoki yo’qotilgan taqdirda, chet el fuqarosi 3 kun davomida Rossiya IIV Sankt-Peterburg va Leningrad viloyati bosh boshqarmasining MBB (migrasiya bo’yicha boshqarmasi)ga – murojaat etishga majbur. (Migrasion kartasining dublikat-nusxasi bepul beriladi).

RFdan chiqib ketish vaqtida, chet el fuqarosi chegara nazorati xodimlariga migrasion kartasini topshirishga majburdir.

Chet el fuqarolari RFda vaqtinchalik bo’lish borasida, hududdagi migrasiya nazorat ro’yhatiga kirishga majburlar.

Chet el fuqarosi vaqtinchalik bo’lish joyiga yetib kelganda, qabul qiluvchi tomonidan Rossiya IIV Sankt-Peterburg va Leningrad viloyati bosh boshqarmasining MBB (migrasiya bo’yicha boshqarmasi)ga hududiy FMXga yoki pochta yo’llanmasi orqali xabarnoma:

  • Uzbekiston fuqarolari uchun Rossiya Federasiyasi hududiga kirib kelgan kundan boshlab, 7 ish kundan kechiktirilmasdan berilishi lozim;
  • Tojikiston fuqarolari uchun Rossiya Federasiyasi hududiga kirib kelgan kundan boshlab, 15 kundan kechiktirilmasdan berilishi lozim.

Diqqat!

Sizga, shuni ma’lum qilamiz-ki Rossiya Federasiyasi Prezidentining 2017 yil 9 maydagi 202-sonli «Rossiya Federasiyasida FIFA 2017 yil Konfederasiya sovrini (kuboki) va FIFA 2018 yil futbol chempionatini o’tkazish davrida xavfsizlikni kuchaytirish borasida chora-tadbirlari to’grisida»gi Farmoniga asosan

2017 yil 1 iyun kunidan 2017 yil 12 iyul kuniga qadar

chet el fuqarolari Rossiya Federasiyasi hududiga kirgandan so’ng, yashash joyiga yoki vaqtinchalik bo’lish joyiga yetib kelgan vaqtdan boshlab bir kecha-kunduz (sutka) davomida, migrasiya nazorat ro’yhatiga kirishga majburlar;

Yagona Migrasiya Markazida chet el fuqarolarini yuridik shaxs manzili bo’yicha (kirib kelish maqsadiga qaramasdan) migrasiya nazorat ro’yhatiga kiritish uchun xujjatlarni tayyorlash qo’yidagi tartibda amalga oshiriladi:

  • Dushanba-juma kunlari soat 9:00dan – 20:00gacha

Viza mavjudligi lozim bo’lmagan tartibda kelgan chet el fuqarosi Rossiya Federasiyasi hududida vaqtinchalik bo’lish davri – 180 kun davomida jami 90 kundan oshmasligi lozim.

RFda chet el fuqarosining vaqtinchalik bo’lish davri mehnat faoliyati uchun unga patent berilganda uzaytiriladi.

Chet el fuqarosi RF hududida ish faoliyatini patent mavjudligida amalga oshirishga haklidir.

Patent olish uchun – chet el fuqarosi, Rossiya Federasiyasining hududiga kirib kelgan kundan boshlab, o’ttiz kalendar kuni davomida,Rossiya IIV Sankt-Peterburg va Leningrad viloyati bosh boshqarmasining MBB (migrasiya bo’yicha boshqarmasi)ga tegishli xujjatlar to’plamini takdim etishi mumkin.

Chet el fuqarosiga patent bir oydan o’n ikki oy muddatigacha beriladi.

Patent amal qilish muddati – bir oydan, bir necha marotaba uzaytirilishi mumkin.

Patent amal qilish muddatini uzaytirish uchun, chet el fuqarosi, jismoniy shaxslar daromadiga soliq shaklidagi, har oyi uchun 3000 rubl hisobidan belgilangan avans to’lovni, amalga oshirishi lozim. Bunday holda Rossiya IIV BBning MBB (migrasiya bo’yicha boshqarmasi)ga murojaat etish shart emas.

Rossiya Federasiyasi hududida ish faoliyatini amalga oshirish uchun – chet el fuqarosida ihtiyoriy tibbiy sug’urta shartnomasi (polisi) bo’lishi shart.

Yagona Migrasiya Markazida patent uchun tuliq xujjatlar to’plamini rasmiylashtirish maqsadida chet el fuqarolari kompleks xizmatlaridan foydalanishi mumkin.

Lozim bo’lgan hujjatlar:

  • pasport (amal qilish muddati bir yildan kam bo’lmagan holda)
  • migrasion kartasi
  • migrasiya hisobiga olinganligi haqida habarnoma
  • RFda olingan -INN raqami (mavjud bo’lgan holda)

Migrasiya markazining maslahatchi xodimlari tomonidan lozim bo’lgan hujjatlar to’plamii tayyorlab, tibbiy ko’rikdan utish uchun hamda rus tili, Rossiya tarixi, xuquq asoslari bo’yicha imtixonlariga yo’llanma berib, ihtiyoriy tibbiy sug’urta shartnomasini (polisini) va pasport tarjimasini rasmiylashtirishda yordam ko’rsatish kabi xizmatlardan chet el fuqarolari foydalanishlari mumkin bo’ladi.

Patent rasmiylashtirish muddati – 10 ish kunini tashkil etadi.

Tayyor patent olish uchun chet el fuqarosi Rossiya IIV Sankt-Peterburg va Leningrad viloyati bosh boshqarmasining MBB (migrasiya bo’yicha boshqarmasi)ga shaxsan murojaat etib, pasport, migrasion kartasi, migrasiya hisobiga olinganligi haqida habarnoma (registrasiya), belgilangan avans tulovi shaklidagi, jismoniy shaxslar daromadiga solik shaklidagi tulovi amalga oshirilganligi haqida kvitansiya, ihtiyoriy tibbiy sug’urta shartnomasi (polisi)ni taqdim etishi shart.

Rossiya Federasiyasi hududida ishlab kelayotgan chet el fuqarosi – patent berilgan kundan boshlab, ikki oy davomida, patent bergan Rossiya IIV Sankt-Peterburg va Leningrad viloyati bosh boshqarmasining MBB (migrasiya bo’yicha boshqarmasi)ga mexnat shartnomasining yoki ishlarni amalga oshirish (xizmat kursatish) fuqarolik-xuquqiy shartnoma nusxasini shaxsan taqdim etishi yoki buyurtma pochta yo’llanmasi orqali habarnoma yuborishi lozim.

RFning bir hududida berilgan patent asosida chet el fuqarosi – ushbu hududdan tashqari bo’lgan boshqa hududda ish faoliyatini amalga oshirishga haqli emas.

Patent berilgan kundan boshlab, o’n ikki oylik muddat tugamasdan o’n kun oldin, chet el fukarosi patentni qayta rasmiylashtirilishi bo’yicha murojaat etishga haqlidir.

Bunda patent qayta rasmiylashtirilishi bo’yicha murojaat soni bir marotabadan oshmasligi lozim.

Patent amal qilish vaqti mobaynida chet el fuqarosining familiyasi, ismi, otasining ismi yoki shaxsni tasdiqlovchi hujjatlardagi ma’lumotlar o’zgargan taqdirda bu hakida, Rossiya Federasiyasi hududiga kirib kelgandan so’ng, yoki o’zgartirishlar kiritilgan kundan boshlab – yetti ish kuni davomida, patentdagi ma’lumotlarga o’zgartirish kiritilishi lozimligi haqida Rossiya IIV Sankt-Peterburg va Leningrad viloyati bosh boshqarmasining MBB (migrasiya bo’yicha boshqarmasi)ga murojaat etishga majburdir.

Rossiya Federasiyasining boshqa hududida ish faoliyatini amalga oshirishni maqsad qilgan chet el fuqarosi, shu Rossiya Federasiyasining subyektidagi Rossiya IIV MBB (migrasiya bo’yicha boshqarmasi)ga murojaat etishga majbur. Ushbu patentning amal qilish muddati ilgari berilgan patentdagi muddatdan oshmagan davrga qadar beriladi.

Chet el fuqarosiga:

  • patent berilmagan / qayta rasmiylashtirishga rad javobi olingan, yoki ilgari berilgan patent bekor qilingan hollarda, patent qayta rasmiylashtirilishi bo’yicha – chet el fuqarosi ariza orqali, ilgari rad javobi olingan kundan boshlab, bir yil utgandan so’ng, takroran murojaat etishga haqlidir.

Patent amal qilish muddatini o’zaytirilmagan yoki patenti bekor qilingan holda chet el fuqarosi Rossiya Federasiyasi hududidan chiqib ketishga majburdir.

RFsi xududidan chiqib ketish majburiyatini ijro etmagan chet el fuqarosi – deportasiya qilinadi.

Rossiya Federasiyasining ma’muriy xuquqbuzarlik Kodeksiga muvofiq, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo’lmagan shaxslar:

  • RFsi hududiga kirish, vaqtincha bo’lish (yashash) tartibini buzganligi uchun xamda kirib kelishda kirish maqsadini noto’g’ri, ya’ni Rossiya Federasiyasi xududida bo’lgan davr mobaynidagi xaqiqatda amalga oshirilgan faoliyatiga nomuvofiq maqsadni ko’rsatgan holdagi xuquqbuzarlik uchun – ikki ming rubldan besh ming rublgacha ma’muriy jarima solinib, Rossiya Federasiyasi hududidan ma’muriy tartibda chiqarib yuborilishi qo’llangan, yoki qo’llanilmagan holda jazolanadi.(modda 18.8);
  • RFsida patentsiz ish faoliyatini amalga oshirganligi uchun, yoki RFning bir xududida berilgan patent asosida ushbu RFning huddudan tashqaridagi boshqa xududda ish faoliyatini amalga oshirganligi uchun ikki ming rubldan besh ming rublgacha ma’muriy jarima solinib, Rossiya Federasiyasi xududidan ma’muriy tartibda chikarilib yuborilishi qo’llangan, yoki qo’llanilmagan xolda jazolanadi. (Federal miqyosidagi shaharlarda, ya’ni Moskva, Sankt-Peterburg shaharlarida va Leningrad viloyati hududida sodir etilgan bo’lsa besh ming rubldan yetti ming rublgacha ma’muriy jarima solinib, Rossiya Federasiyasi hududidan ma’muriy tartibda chiqarilib yuboriladi (modda 18.10);
  • Patentda ko’rsatilgan ma’lumotlar o’zgartirilishi lozimligi borasida murojaat muddatini buzgan chet el fukarolariga to’rt ming rubldan besh ming rublgacha ma’muriy jarima solinadi. (modda 18.10);
  • Patent olish muddatini buzganligi uchun – o’n ming rubldan o’n besh ming rublgacha ma’muriy jarima solinadi (modda 18.20).

manbaa: www.7771000.ru

Вам может понравиться

Добавить комментарий