Yaqin kelajakda insoniyatda qanday xush va noxush yangiliklar kutmoqda?

Spread the love

Biz yangi XXI asrning ham o’n olti yilini ham yashab qo’ydik. Bu vaqt ichida olam va undagi bor narsalar necha bor turlandi. Qanchadan qancha ixtirolar amalga oshirildi va ular bizning hayotimizga ham bevosita ta’sir o’tkaza boshladi. Masalan, o’n yil avval oddiy peyjerlar haqiqiy mo’jiza bo’lib ko’ringan bo’lsa, hozir eng so’nggi rusumdagi smartfon, ay-pad va ay-fonlarni ham befarqlik bilan tomosha qilamiz.

Siyosat, iqtisodiyot va ijtimoiy sohalardagi keskin o’zgarishlar haqida gapirmasa ham bo’ldai. Lekin inson baribir kelajakka qiziqish bilan yashaydi. Rostda, kecha nima bo’lganini bilamiz, bugunni ko’rib turibmiz. Lekin ertaga nima bo’lishi hamisha parda ortidagi sir bo’lib kelgan.

So’rg’ich o’rniga noutbuklar

Sezyapsizmi, so’nggi yillarda texnika va texnologiya, ilm-fanning rivojlanish sur’ati sezilarli darajada tezlashdi. Siz yangi rusumdagi qo’l telefoni sotib olib, tanishlaringizga maqftanib ulgurmasdan, undan ham tezkor va zamonaviy telefonni boshqaning qo’lida ko’rib, hafsalangiz pir bo’ladi.

Bundan yigirma yillar ayrim maktablarda EHM fani o’qituvchisi kompyuter tasvirini doskaga chizib tushuntirgan bo’lsa, endilikda shaxsiy kompyuter har bir xonadonga kirib borayotir.

Hali maktabga chiqmagan o’g’lingiz, uyingizdagi kompyuterda “Zuma” o’yinini chaqqonlik bilan o’ynashi sizni ajablantirmaydi. Rost-da, yangi texnologiyalar kattalardan ham oldin bolalarning e’tiborini o’ziga tortayotir.

Bugungi kunda mutaxassislar yaqin kelajaknging bolalari qanday bo’lishini tasavvur qilishmoqda. Kelajakda mittiqvoylar uchun mo’ljallangan jajji noutbuklar ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda. Kompyuterlar arzonlashgan sari jahon axborot mayjdoniga kichkintoylarning kirib kelishi ham tezlashadi.

Keyingi yillarda nufuzli kompaniyalar portativ-tarjimon qurilmalarni ishlab chiqarishni ko’zda tutmoqda. Demak, til va tarjima bobida hyech qanday muammo bo’lmaydi. Bolalar sayyoraning istalgan nuqtasidan do’stlar gorttira oladilar. 2020 yilga borib esa, Jahon ta’lim tarmog’i paydo bo’lishi taxmin qilinyapti. Bu esa, an’anaviy maktablar, oliy o’quv yurtlarini safdantchetlashtirishi ham mumkin. Bolalar bu tarmoq yordamida istalgan yurtdagi ta’lim muassasasini ham, o’qituvchini ham o’zlari tanlashlari mumkin ekan.

Qolaversa, ta’lim rejimi, kun tartibi ham bolalarning xohishiga qarab belgilanar ekan.

Albatta, bular shunchaki taxminlar xolos. Har bir mamlakat o’z ta’lim tizimi talablaridan kelib chiqib, bu jarayonni ham tatibga solishi shubhasiz. Lekin nima bo’lganda ham, bolakayning faqat virtual olamda ulg’ayishini oqlab bo’lmaydi.

Yolg’izlikning yuz yili

Mutaxassislik yana o’n yildan keyingi hayot avtomatlashtirish va robotlashtirish davri bo’lishini bashorat qilishmoqda. Demak murakkab texnik qurilmalarni boshqarishni bolalar hali beshikdan chiqmay turib o’rganishlari mumkin. Rossiyadagi “Detstvo” dasturi olimlari 2023 yilda robot-bolalar va robot-enagalar keng ommalashishini ma’lum qilishgan.

Robot-bolalar yolg’iz qariyalarga quvonch bag’ishlasa, robot-enagalar ota-onalarning ortiqcha vaqtini tejashga xizmat qiladi. Demak, ota-onalarning chadda muloqot qilishdan boshqa ishi qolmas ekan-da! Olimlar an’anaviy oilalarning kelajagiga ham ishonchsizlik bilan qarashmoqda. Ikki jins vakillariining virtual olamdagi tanishuvlari tufayli munosabatlarni nikoh rishtasi bilan bog’lashga ehtimyoj qoldirmaydi, deya hisoblamoqdayu olimlar. Ajrashushlarning ko’payishi tufayli an’anaviy oilalar o’rnini vaqtinchalik ko’ngilxushliklar egallaydi.

Xo’sh, ajrashuvdan keyin fqarzandlarning holi nima kechadi, degan savol tug’iladi. Ehtimol o’sha paytlarga borib, erkak va ayollarning bu boradagi huquqlari tenglashar. Hozirgi kunda sudlar onalarga yon bossa, kelajakda ayollar bu borada qattiq kurashishlariga to’g’ri keladi.

Dunyoning rivojlangan mamlakatlarida erkaklarning turmush qurishga bo’lgan xohishi borgan sari susayib borayotir. Xohlaydiganlar ham faqat nasl qoldirish niyatidagina bu “xavfli” ishga bel bog’lashmoqda.

Ko’pgina g’arb mamlakatlarda jinslar o’rtasidagi muvozanatning buzilishi ham kelgusida yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin. Jinslarning operasiya yo’li bilan almashtirilishi, hatto erkaklarning ham surrogat usulda farzand ko’rishi oila atalmish muqaddas dargohning o’zgarmas qonuninyatiga ham rahna solmoqda.

Yaqinda rossiyalik 50 yoshli erkak kishining ham sun’iy urug’lantirish yo’li bidan farzand ko’rgani juda katta shov-shuvni keltirib chiqardi. Uning nomi hali oshkor etilmagan bo’lsa-da, kelajakda erkak va ayol bir-birining ko’magisiz farzand ko’ra olishi ma’lum bo’lib qoldi.

Mutaxassislar yaqin o’n yillikda ana shunday yolg’iz-ona va yolg’iz otalar ko’payishini bashorat qilishmoqda.

Tarozining ikki pallasi

So’nggi paytlarda yolg’izlik ozodlik so’zining sinonimiga aylanib bormoqda. Ayniqsa, rivojlangan, g’arb mamlakatlarida o’lim ko’rsatkichlari tug’ilishdan ko’ra ko’payib borayotir. Rivojlanayotgan va Sharq mamlakatlarida esa, teskari holatni kuzatish mumkin. Bu mamlakatlarda yaqin yillarda o’sish sur’atlari to’xtashi dargumon.

Rossiya va Yevropa mamlakatlarida bitta oilaga o’rtacha bittadan farzand to’g’ri kelayotir. O’sib kelayotgan farzandlarning esa, kelgusida bola ko’rish va tarbiyalashga rag’bati so’nib borayotir. Yaqin o’n yillikda odamlar bola parvarishlashdan ko’ra, yaxshiroq va mukamalroq hayot kechirish, dunyo lazzatlaridan ko’proq bahra olish haqida o’ylab qoladilar.

Tug’ilish kamayib ketgan mamlmkatlarda 2016-2020 yillarda borib aholining mehnatga layoqatli qismi ikki baravar qisqaradi. Bu esa, rivojlanayotgan mamlakatlardan kelayotgan muhojirlarga bo’lgan talabni yanada oshiradi. Rivojlangan mamlakatlarda tub aholi va emigrantlar o’rtasida assimilyasiya va integrasyai holatlari kuchayadi. Ko’pgina yirik mamlakatlarda tub aholi vakllarining qisqarishi kuzatiladi. Bu esa, millatlar orasida bir qancha ziddiyatlarni keltirib chiqarishi mumkin.

Bo’sh vaqt nimaga sarflanadi?

O’tgan asrning 60-yillaridagi bashoratga ko’ra, XXI asrda insoniyatning eng katta muammosi bo’sh vaqtni qanday o’tkazishdan iborat bo’lib qolishi lozim edi. Mashhur fantast-adib Artur Klark shunday yozgandi: “2001 yilda bizning avlodlarimiz faqat yuzlab telekanallar orasidan eng maqbulini tashlash haqida bosh qotira boshlaydilar”.

Chindan ham bu bashoratlar o’zini oqlamoqda. Axir ko’pchiligimiz tyuner pultini qo’lga olib, Yevropayu, Amerika yo’ldosh kanallari orasidan maqbulini tinlash uchun ozmuncha vaqt sarflamaymiz.

2020 yilga borib, chindan ham bo’sh vaqt ancha ko’payib qoishi mumkin. Chunki, juda ko’p sohalarda robotlar va mashinalar inson bilan bemalol raqobatlasha boshlaydi. Masalan rivojlanib borayotgan texnika va fan taraqqiyoti tufayli jurnalistlar, tahlilchilar va tarjimonlar ishsiz qolib ketishi mumkin, Chunki, tarjima qilish, axborot to’plash, kabi vazifalarni hozirgi kunda kompyuter insonga nisbatan tez bajarmoqda. Agar kompyuterlar mustaqil ravishda tahlil qilishni ham o’rganib qolsa, unda… yana kim bilsin!

Mobil telefonlar, kommunikatorlar, noutbuklar ishlab chiqarayotgan kompaniyalar ham yangi evrilishlarga tayyor turishi kerak. Hozir dunyoning yetuk mutaxassislari axborotni miyadan to’g’ridan-to’g’ri kompyuterga ko’chirish ustida bosh qotirishmoqda. Bu borada muayyan yutuqlarga ham erishilmoqda. Ko’p o’tmay, inson fikrini avtomatik tarzda o’qish imkoniya haqiqatga aylanadi. Yaqin o’n yillikda har birimiz mustaqil ravishda axborotlarni o’zimiz havo to’lqinlari yordamija qabul qila olarkanmiz.

TechCast kompaniyasining ma’lum qilishicha, 2022 yilga borib, atrofdagi hodisalarni idrok etadigan, qaror qabul qila oladigan, fikrlaydigan robotlar maishiy maqsadlarda keng qo’llanila boshlaydi. Odamlar virtual muloqotga shu qadar bog’lanib qolishadiki, jonli muloqot qilish uchun ularning ko’nikmalari yetishmay qoladi va buning uchun maxsus murabbiylar, psixologlar xizmatiga extiyoj sezadilar.

Shuningdek kassir, postachi, turistik agentlar ishini ham mashinalar bajarishi mumkin. Etikdo’z, tikuvchi, oshpaz singari qadimiy kasb egalariga har doimgidek yaqin kelajakda ham talab katta bo’lishi kutilmoqda.

Nima qilmoq kerak?

Darhaqiqat g’arb olimlarining xavotir olganicha bor. Ommaviy madaniyat, egosenrtrizm, yengi-yelpi hayotga intilish singari illatlar chindan ham insoniyat boshiga qanchalik tashvish keltirio’shini ko’pchilik tushunib qoldi. Albatta, taraqqiyot g’ildiragini to’xtatib ham, orqaga qaytirb ham bo’lmaydi. Ilm-fan, texnika va texnologiya inson hayotini farovon etishga xizmat qilishi lozim.

Olimlarning bu taxminlari qay darajada ro’yobga chiqishini hali vaqt ko’rsatadi. Xo’sh, bu o’zgarishlar bizning xalqimiz hayotida qanday kechadi? Bu haqda hozirdan o’ylab ko’rishimiz lozim. Zamon va makon qay darajada taraqqiy etmasin, biz o’zligimizni, milliy qiyofamizni, ajdodlarimizdan meros bo’lib kelayotgan qadriyatlarni unutmasligimiz lozim.

manbauzbegim.us

Вам может понравиться

Добавить комментарий