Xaritani kim o’ylab topgan ?

Spread the love

Shahringizdagi barcha kuchalar va binolarni so’z bilan ta’riflab beringchi, deb qolishsa odam birdaniga qiyin ahvolga tushib qolgan bulardi, shunday emasmi?Ularni suz bilan tasvirlashdan kura, qog’ozga chizib kursatish ming bora oson. Xaritalarning paydo bulishiga sabab ham shu bulishi mumkin.
Eng birinchi xarita ana o’sha maqsadlardan kelib chiqqan bulib, u loy parchasidan yasalgan tekis yuzaga chizilgan, so’ng esa olovda pishirilgan edi. Misr mamlakatida shu taxlit tayyorlangan bu ilk xaritaning paydo bulganiga ham oz emas, kup emas, chamasi 4000 yillar bulib qolgan. Qadimgi zamonlarda dehqonlar o’zlarining ekin maydonlarini, podshohlar uzlari hukmronlik qilgan mamlakat hududlarini ana shunday tasvirlaganlar. Albatta, usha paytda ham xarita chizish oson ish bulmay, turli xil muammolar chiqib turardi. Masalan, uzingdan yuzlarcha, minglarcha chaqirim joydagi yerlarni, urmonu kullarning kurinishini xaritada qanday aks ettirish kerak? Axir Yer deganlari cheksiz-chegarasiz keng bo’lsa, uzoq-uzoqlardagi maydonlarni ulchash, xaritaga tushirish oson ish emas-da. Xarita yaratuvchilarga bu borada yordamga kelgan ilk kumakchilar — munajjimlar, ha-ha, aynan munajjimlar edi. Sababi, ular aynan Yerni ulchash, shaklini tasvirlash ishlari bilan ham shutullanganlar. Miloddan ilgari 276 yilda Yunonistonda tutilgan Eratosfen degan olim Yer sayyorasining diametrini aniqlashga muvaffaq buldi. U aniqlagan ulchovlar haqiqatga yaqin edi. Olim Yer sayyorasi sarhadlarini janub va shimol tomonlarga qarab ulchash usullarini uylab topdi.
Taxminan unga zamondosh bulgan Gipparx dunyo xaritasini parallel va meridian chiziqlari bilan ajratib chiqish, teng bo’laklarga bulish taklifi bilan chiqdi. Ushbu yunalishlardagi chiziqlarni taxminiy tarzda chizib chiqish uchun ham samo va undagi yulduzlar harakatini urganish lozim edi. Eramizning ikkinchi asrida yashagan Ptolemey xuddi shu g’oyadan foydalanib, xaritalarni chizishda parallel va meridian chiziqlarni chizib chiqqan. Uning jo’trbfiyaga oid asarlarida ana usha hisob-kitoblar asoslab berilgan ma’lumotlar uchraidi. Kolumb va uning zamondoshlari ham turli xil xarita va chizmalardan foydalangan- bulishlari shubhasiz, albatta.
Avraam Ortelius Antverpen shahrida ilk xarita tuplamini nashr yettiradi.
1572 yil. Ortilius dunyo xaritasi.
Zamonaviy kartografiya asoschisi Geradus Merkator hisoblanadi. Uning chizgan xaritalaridagi tug’ri chiziqli yullar globusdagi yegri chiziqlarga mos kelardi. Bu esa xaritadagi ikki nuqta urtasida uzaro to’tri yulutkazish, kompas buyicha belgilanadigan yunalishlarni aniqlash imkonini berardi, Bunday xarita “proyeksiya” deb ataladi, ya’ni u Yer sharining yuza (sirt) qismini xaritada aks yettira oladi. Merkator nashr etgan ushbu kitob (xaritalar tuplami)ning titul varagida pahlavon Atlas tasvirlangan edi. Shuning uchun ham hozirgi kunda xaritalar tuplamini “atlas” deb ataymiz.

Вам может понравиться

Добавить комментарий