Olimlar koinot muziga ega noyob olmosni topishdi

Spread the love

AQShning Nevada universiteti tadqiqotchilari ichida muz-VII kabi ma`lum bo’lgan, o’ta zich muz shakli saqlanib qolgan noyob olmosni topishdi. Bu haqda Science nashrida chop etilgan maqolada so’zlangan.

Bunday muz shakli odatda sayyoramizdan tashqarida vujudga keladi. Bu modda molekulalari oddiy muznikidan (muz-I) farq qiladi, ular kubik molekulyar shaklga ega. Yerda bunday strukturalar laboratoriya sharoitlaridagina olinadi.

Olimlar olmosni Yer mantiyasidan olingan namunalar orasida aniqlashgan. Ular olmosni tahlil qilish uchun rentgen nuri bilan nurlantirishganda, ular oldida haqiqiy muz-VII turganini aniqlashgan. Bu hodisa Yerdagi tabiiy sharoitlarda ilk bor qayd qilindi.

manbaa: kun.uz

Вам может понравиться

Добавить комментарий