Objuvoz

Spread the love

Objuvoz (fors, ob— suv va juvoz— o’g’ir) — sholi oqlanadigan qurilma. Suv kuchi bilan harakatlanadi. Quyidagi qismlardan iborat: o’q, shu o’qqa biriktiriladigan parrak, lingko’p, keli, nov. Barcha qismlari qattiq yog’ochdan tayyorlanadi. Nov 3 ta qalin taxtadan ariqcha shaklida  yasaladi.  Suv  shu  novdan  keladi.  Novning  oxiri  parraga (kurakchalari  bor g’ildirakka) to’g’rilab qo’yiladi. O’q novning 3 tomoniga ko’ndalang o’rnatiladi. O’qning 2 uchidagi turum (yog’och podshipnik) turumdonga qo’yiladi. Keli(oxurga o’xshagan yog’och idish) o’qdan 2—3 m nari o’rnatiladi. Unga sholi solib qo’yiladi.

Lingko’p (uchiga  tishli  cho’yan  moslama  o’rnatilgan  sop) —  ko’tarilib-tushib  sholini oklaydigan  qism.  Objuvoz quyidagicha  ishlaydi:  novdan  kelgan  suv  parraga  urilib,  o’qni aylantiradi. O’qning qilichaklari lingko’pga uriladi, shunda lingko’p ko’tarilib-tushib sholini oklaydi. Tuyilgan sholining qobig’i, to’poni shamol (yog’och qurilma) yordamida tozalanadi. Objuvozni objuvozchi boshqaradi. Hozir sholi maxsus elektr mashinalarda oqlanadi. Objuvoz ba’zi joylarda (Afg’oniston, Hindiston va boshqa) hozir ham ishlatiladi.

manba: O’zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Вам может понравиться

Добавить комментарий