Nega telefon uchun original batareyalarni xarid qilish kerak?

Spread the love

Bugungi kunda smartfon kabi aloqa vositalari shu darajada ommalashib ketdiki, ularsiz hayotimizni tasavvur qilish qiyin bo‘lib qoldi. Smartfondagi eng asosiy detallardan biri, shubhasiz, batareya hisoblanadi. Axir, u bo‘lmasa telefondan foydalanib bo‘lmaydi. Biroq vaqt o‘tgan sari batareyaning quvvatni saqlash xususiyati kuchsizlanib boradi. Shuning uchun ba’zida smartfonga yangi batareya xarid qilish zarurati tug‘iladi, deb yozadi  Terabayt.uz

Qanday qilib batareyaning xizmat qilish muddati tugaganligini aniqlash mumkin:

  • Batareya uzoq muddat yoki noto‘g‘ri ishlatilsa shakli o‘zgarib, ishib ketishi mumkin;
  • Undagi zaryad odatdagidan tez sarflanib ketadi;
  • Sifatsiz batareya o‘rnatilgan bo‘lsa, juda sekin zaryadlanishi mumkin.

Bugungi kunda aloqa vositalari bozorida juda ko‘p turdagi telefon batareyalari mavjud. Ammo mutaxassislar aynan muayyan ishlab chiqaruvchi, o‘lcham va sig‘imdagi, aniqroq qilib tushuntirsak, original batareyalarni sotib olishni tavsiya qiladilar. Bundan-da oqilona yechim – servis markaziga murojaat qilishdir.Odatda, servis markazlarida telefonni ishlab chiqargan kompaniya tomonidan tayyorlangan batareyalar sotiladi.

Noma’lum brenddagi, shubhali va arzon batareyalardan foydalanish nafaqat telefonga zarar yetkazishi, balki salomatligingizga ham xavf tug‘dirishi mumkin. Batareya telefondagi muhim komponent bo‘lganligi sababli, uni xarid qilayotganda pulni tejash to‘g‘ri qaror emas. Batareya xarid qilishdan oldin smartfon ishlab chiqargan kompaniya servis markazlari bilan maslahatlashish maqsadga muvofiqdir.

manba: mantiq.uz

Вам может понравиться

Добавить комментарий