Ijara atamasining kelib chiqish tarixini bilasizmi?

Spread the love

Ijara  (arab.  —  ijora)  —  1)  tarixiy-etnografik  atama.  Islom  dini  tapqalgan davlatlarda yer egalari tomonidan yerni ishlash uchun dehqonlarga berish shartlaridan biri;

Yer egasining haqini pul bilan to’lash. Yer egasi haqi hosildan ulush (natura tarzida) beriladigan bo’lsa muzora’a deb atalgan.  20-asrning 20-yillariga qadar O’rta Osiyoda ham keng rasm bo’lgan  2)  mol-mulkni  yollash  va  undan  foydalanish  bo’yicha  shartnoma.  Unga  ko’ra,  bir tomon  (Ijara  beruvchi)  ikkinchi  tomon  (Ijaraga oluvchi)ga  ma’lum  to’lov,  ya’ni  Ijara haqi  evaziga  mol-mulkni  vaqtincha  foydalanish  uchun  beradi.  Ijara haqi  mol-mulkning  qiymati  va  keltiradigan daromadiga bog’liq bo’lib, o’zaro kelishuv bilan belgilanadi.

http://blog.liga.net/user/emorozov/article/28624.aspx

Ijarachi  ayrim  jismoniy  shaxs,  yuridik  shaxs  va  hatto  davlat  bo’lishi  mumkin.  Mehnat jamoalari  o’z  korxonalaridan,  korxonalar  esa  bir-biridan  Ijara shartnomasiga  binoan  asosiy ishlab chiqarish va noishlab chiqarish vositalarini ma’lum muddatga qonun hujjatlarida taqiqlanmagan faoliyatlarda samarali foydalanish va qo’shimcha daromadga erishish maqsadida oladi.

Bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  Ijaraning  mukammallashgan  shakllaridan  biri  lizingdir.

Tadbirkorlik  faoliyatida  bir  necha  marta  foydalanishga mo’ljallangan  va  bunda  uzoq  vaqt mobaynida  o’zining  dastlabki  xolatini  caqlab  qolib,  davriy  eskirib  boradigan  uskuna-jihozlar, mashinalar lizing obyekti bo’lishi mumkin.

Qishloq xo’jaligida  Ijara va  Ijara munosabatlari  o’ziga  xos  xususiyatlarga  ega  va  Ijara obyekti sifatida yer resurelari asosiy o’rnida turadi. Xorijiy mamlakatlarda yer nafaqat birlamchi, balki  ikkilamchi  Ijaraga  ham  berilishi  mumkin.  O’zbekistonda  yer  davlat  mulki,  umummilliy boylik  hisoblanib,  u  faqat  birlamchi  Ijaraga  beriladi

Вам может понравиться

Добавить комментарий