Gretsiya haqida qiziqarli ma`lumotlar

Spread the love

– Gretsiya maydoni Amerikaning Alabama shtati maydoni bilan deyarli teng(131 958 kv.km). Gretsiya aholisi soni 10 mln kishi. – Yiliga 16,5 mln turistlar Gretsiyaga tashrif buyurishadi.

– Dunyo bo’yicha 7% mramor Gretsiyadan chiqadi

– Zaytun yetishtirish bo’yicha ham yuqori o’rinlardan joy egallagan. 13 asrda ekilgan zaytun daraxlari hali ham o’sib kelmoqda.

– Gretsiyani 80%i tog’lar bilan o’ralgan.

– Gretsiya aholisining 98%ini greklar tashkil etadi. Ulardan tashqari albanlar, makedoniyaliklar, bolgarlar va armanlar ham istiqomat qilishadi.

– Taxminan dunyoda 12 million odam grek tilida so’zlashadi. Asosan ular Gretsiya, Kipr, Turkiya, Albaniya, AQSHda yashashadi.

– 1000ga yaqin rus so’zlari grek tilidan kirib kelgan. Ular avval rim va lotinchaga, so’ngra rus tiliga moslashtirilgan. Ba’zi bir so’zlar o’zbek tilida ham ishlatiladi. Masalan, “akademiya”, “marafon”, “sirena”, “tayfun”.

– 1950 – yilda atigi 30% greklargina o’qish va yozishni bilganlar. Hozirga kelib savodlilik darajasi 95%ni tashkil qiladi.

– Gretsiya tarkibiga 2000dan ortiq orollar kiradi. Eng katta grek oroli – Krit(8260 kv.km).

– 40%dan ortiq aholi Afinada yashaydi. Shahar зщнефчепф aylangandan so’ng, 1834 – yilda 10000, 2001 – yilga kelib 3.6 million kishini tashkil qiladi.

– Afina Yevropaning eng qadimgi shaharlaridan biri hisoblanadi. U demokratiya vatani hamdir.

– Gretsiyada 250 kun yoki 3000 soat davomida quyosh nur sochib turadi.

– 1990 – yillargacha Gretsiyaning asosiy raqibi Turkiya bo’lib kelgan. Ularning salbiy munosabatlari Kipr va uning atrofidagi maydonlar bilan bog’liq. 1999 – yildagi zilziladan keyin ular bir – birlariga yordam berishlari natijasida aloqalar yaxshilandi.

– Qadimgi Gretsiyada ayollarni o’rtacha umr ko’rish yoshi 36 yoshni, erkaklarniki esa 45 yoshni tashkil qilardi. Hozirga kelib bu ko’rsatkich ayollarda – 82, erkaklarda – 77 yoshni ko’rsatadi. Gretsiya o’rtacha umr ko’rish yoshi bo’yicha 26 – o’rinda turadi.
Gretsiyada boshqa davlatlardan farqli o’laroq, arxeologik muzeylar juda ham ko’p.

Вам может понравиться

Добавить комментарий