Falajga olib boruvchi 10 sabab

Spread the love

Kanadaning Ontario shahridagi Mak Master Universitetida olib borilgan tadqiqotlar natijasida, olimlar falajga olib boruvchi o’n sababni aniqlashdi.

 «Lenset» tibbiy jurnalida chop etilgan tadqiqotda 3000 nafar bu kasallikka chalingan va 3000 nafar falaj bo’lmagan odamlar qatnashishdi. Natijalar sigaret chekish falaj bo’lish ehtimolini 50 foizga, yetarlicha ovqatlanmaslik va depressiya 35 foizga, stress 30 foizga oshirishi mumkinligini ko’rsatdi.

Jismoniy tarbiya bilan shug’ullanish va faol bo’lish falaj ehtimolini 30 foizga kamaytirishi ma’lum bo’ldi.

Kanadalik olimlarning xulosalariga ko’ra quyidagilar eng ko’p falajni keltirib chiqaradi:

  1. Yuqori qon bosimi;
  2. Chekish;
  3. Semizlik;
  4. Jismoniy faollikning kamligi;
  5. Xolesterin yuqoriligi;
  6. Qandli diabet;
  7. Spirtli ichimliklar ichish;
  8. Stress;
  9. Depressiya;
  10. Yurak xuruji.

Manba:  fsh.uz

Вам может понравиться

Добавить комментарий