Erta turishga qanday o‘rganish mumkin?

Spread the love

Agar siz «boyqush»lar guruhiga kirsangiz va o‘z hayotingizdan mamnun bo‘lsangiz, unda kun tartibingizni o‘zgartirish shart emas.Agar buning aksi bo‘lsa-chi? Ko‘pchilik uchun «boyqush»likdan «to‘rg‘ay»likka o‘tish juda qulaylik tug‘diradi.

Ertalabki taomillar – Erta tongda yangi kunni qarshilash va o‘zingizda bor narsalarning hammasi uchun minnatdorchilik bildirishga vaqtingiz bo‘ladi. O‘zingizni yaxshi ishlarga, ezgulikka tayyorlang.

Ajoyib boshlanish – Erta turish va hamma narsani shoshilmasdan qilish – uxlab qolish, zo‘rg‘a turish, uyg‘ona solib ishga yugurish va hamma joyga kechikishdan ko‘ra yaxshiroq.

Jimjitlik  – Erta tong – sutkaning eng sokin va jimjit payti hisoblanadi.

Tong yorishishi – Kech turadigan kishilar tong yorishishi — tabiatning eng go‘zal in’omlaridan birini ko‘rishdan bebahra qoladi.

Nonushta – Erta tursangiz nonushta qilishga ham bemalol ulgurasiz. Nonushtadan keyin esa o‘zingizni juda yaxshi his qilasiz.

Mashg‘ulotlar – Albatta, sport bilan kun davomida ham shug‘ullanish mumkin. Lekin ertalabki mashqlarga boshqa ishlar xalal bermaydi, sizda buni muntazam ravishda bajarish uchun imkoniyat ko‘proq bo‘ladi.

Unumdorlik – Ko‘pchilik uchun ertalab – sutkaning eng unumli payti hisoblanadi.

Rejalashtirish – Aynan ertalab, o‘z ishlaringizni boshlashdan oldin, o‘z maqsadlaringiz va bugun nimalar qilish haqida o‘ylash uchun eng yaxshi payt hisoblanadi.

Ishga borish – Ertalab qancha ertaroq chiqsangiz, hali tirbandlik bo‘lmagani uchun ishga borish shuncha osonroq va yoqimliroq bo‘ladi.

Вам может понравиться

Добавить комментарий