Eng yalqov odamlar qaysi mamlakatda istiqomat qiladi?

Spread the love

Stenford universiteti olimlari jahonning 111 mamlakati fuqarolarining jismoniy faolligi haqida ma’lumot yig’ib tahlil qildi.

Bu haqda, ScienceAlert ilmiy portali xabar qiladi.

O’rganishlar Nature jurnalida e’lon qilindi. Mobil ilova yordamida 700 mingdan ortiq foydalanuvchining jismoniy faolligi tekshirib chiqildi. Natijada dunyoning eng “serharakat” va “yalqov” mamlakatlari ma’lum bo’ldi.

Gongkonglik fuqaro bir kunda o’rtacha 6880 qadam bosadi, indoneziyalik esa atigi 3513 qadam. Tadqiqotning jami ishtirokchilarining bir kunda o’rtacha bosgan qadamlari soni besh mingtaga teng.

Faqat gongkongliklar emas xitoyliklar ham juda serharakatdir, ular kuniga 6189ta qadam bosadi. Eng yalqovlar qatorida Indoneziyadan tashqari Malayziya (3963) va Saudiya Arabistoni (3807) bor.

Shu bilan birga olimlar tadqiqot o’tkazilgan mamlakatlar aholisi orasidagi harakatchanlar va kamharakatlar qatlami orasidagi farqni aniqladi.

“Agar biror-bir mamlakatdagi aholining bir qismi juda faol, qolgani esa sust bo’lsa, ularning orasidagi farq ko’rsatkichi jamiyatdagi semirish darajasining jiddiy indikatoridir”, deydi tadqiqot mualliflarining biri bioinjener Skott Delp.

“Serharakat” va “kamharakat” aholi orasidagi eng katta farq Saudiya Arabistoni, Avstraliya, Kanada, Misr va AQShda kuzatildi. Gonkong, Xitoy, Shvesiya, Janubiy Koreya va Chexiyada “serharakat” va “kamharakat”lar orasidagi farq juda kichik.

manbaa: hordiq.uz

Вам может понравиться

Добавить комментарий