Boks qo’lqopi qachon paydo bo’lgan?

Spread the love

Musht har doim ham kuchning qanchaligini isbotlash uchun ishlatilgan. Eramizdan avval 686 yili esa qo’l jangi hatto Olimpiya o’yinlari dasturiga ham kiritilgan edi. Jang raqiblardan biri yiqilib qolgunga qadar davom etgan. G’olib izzat-hurmatdan tashqari oltin, kumush, qimmatli kiyimlar, ba’zida qoramolga ham ega bo’lgan.

Картинки по запросу фото бокс перчатка история
Zamonaviy boksning asoschisi sifatida Jons Brauton tilga olinadi, u mazkur sport turi bo’yicha o’n karra Angliya chempioni bo’lgan. U avvallari o’tkaziladigan mushtlashuvlar uchun muayyan qoidalar ishlab chiqdi. Usha paytdan boshlab janglar maxsus maydoncha – ringda o’tkaziladigan bo’ldi. Raundlarning sanog’i yo’q edi. Sportchilarning chidamiga qarab, raundlar soni yetmishtagacha yetishi mumkin edi.

Картинки по запросу фото бокс перчатка история
1841 yili musobaqa g’olibiga chempionlik kamari topshiriladigan bo’ldi. Kamarni bokschi ilk mag’lubiyatiga qadar o’zida saqlab turgan.
1867 yili markiz Kvinsberri bokschilar xavfsizligini oshirish uchun qo’lqop ishlatishni taklif qildi. Shuningdek, bokschilar vazn toifalariga ko’ra ringga tushadigan bo’ldi.

manba: unisite.narod.ru

Вам может понравиться

Добавить комментарий