“Avesto” – eng ko`hna huquqiy norma

Spread the love

Tarixdan ma’lumki, «Avesto» yurtimiz tarixini o’rganishda dastlabki yozma manba hisoblanadi. Ushbu tarixiy manbada xalqimiz tarixining eng ko’hna davrlardagi hayoti, turmush tarzi, axloqiy qoidalari, urf-odatlari, diniy etiqodi, kasb-korlari va boshqa xalqlar bilan bo’lgan iqtisodiy-madaniy munosabatlari aks ettirilgan, Inson huquqlarini ulug’lashga oid bo’lgan ko’plab qoidalar zikr etilgan.

«Avesto» inson huquqlarini o’rganish borasidagi ko’hna o’tmishimizdagi ilk huquqiy manbalardan biridir. U diniy-falsafiy va huquqiy ta’limot sifatida xalq va davlat uchun siyosiy va xuquqiy manba vazifasini bajargan.

Ta’kidlash joizki, «Avestoda qayd etilgan ko’plab qoida va fikrlar hatto hozirgi davrda ham o’z ahamiyatini yo’qotmagan. Masalan, unda insonni hayotdan mahrum etishga xech kimning haqqi yo’qligi yozilgan.

Inson bilan bog’liq huquqiy muammolar va jamiyat a’zolarining huquq va burchlari dastlab ushbu asarda qaydetilgan. Birso’z bilan aytganda, «Avesto» eng qadimiy o’tmishimizning qomusiy bilimlar to’plami. Undagi keltirilgan g’oyalar ming yillar mobaynida insoniyatni ezgulikka va yaxshilikka undab kelmoqda. «Avesto»da keltirilgan qoidalarga ko’ra, inson ma’naviy jihatdan pok bo’lishi, yaxshilikka va ezgulikka amal qilishi, hayoti davomida halol mehnat qilishi, adolatli va haqiqat uchun kurashib yashashi lozim.

«Avesto»da insonning asosiy burchi haqqoniy hayot tarzi bo’lishi kerakligi qayd etilgan bo’lib, inson hayoti davomida boshqa insonlarga yaxshi fikr aytishi va yaxshi ish qilishi lozimligi ta’kidlangan.

Zardushtiylik axloqining 3 ta asosiy qoidasi bo’lgan. Bular – ezgu fikr, ezgu so’z, ezgu amal. Ushbu 3 ta asosiy qoidaga amal qilgan insonning qalbi pok bo’lgan va sog’lom fikr yuritgan. Inson yaxshi fikrga ega bo’lsa, jaholat va razolatga tushmaydi, boshqa insonlarga nisbatan g’arazgo’ylik qilmaydi, «Avesto»da inson yashash tarzining mezoni sifatida rostgo’ylik, to’g’rilik, halollik, poklik kabi sifatlar ko’rsatilgan. Unda ta’lim-tarbiya masalalariga doir fikr va qoidalar belgilangan bo’lib, insonni ma’rifatli va mehnatsevar bo’lishga taalluqli g’oyalar aks ettirilgan. Jumladan, o’sha davrda ta’lim-tarbiya hayotning muhim tamoyili sifatida e’tirof etilib, yoshlarning bilim olishlariga alohida e’tibor qaratilgan, Bolalarga diniy, axloqiy tarbiya, jismoniy tarbiya, o’qish va yozish o’rgatilgan. Ma’rifat va bilimning kuchiga ishongan insongina jamiyatda yuksak hurmat qozonishi va obro’ga ega bo’lishi, oxir-oqibatda ma’rifat g’alaba qozonishi ilgari surilgan,

Xulosa qilib aytganda, «Avesto»da qayd etilgan g’oya va qoidalarni hozirgi davr yoshlari ko’proq o’rganishsa, kundalik hayotida ularga amal qilishsa, boshqa insonlarga hurmatda bo’lishsa, jamiyatdagi qonun-qoidalarga rioya qilishsa, kelajakda ular mamlakatimiz rivojiga o’zining katta hissasini qo’shadigan shaxslar bo’lib yetishadi,

 Luqmon ASATOV, Samarqand viloyag xo’jalik sudi sudyasi.

Manba: Adolat gazetasi 17-son

Вам может понравиться

Добавить комментарий