Banjo — musiqa asbobi

Banjo—torli chertma musiqa cholg’usi. Amerikaning qator ommabop musiqa uslublari (minstrel-shou, jaz, kantri-myuzik, vestern)da asosiy o’rinni egallaydi.

17- asrda G’arbiy Afrikadan AQSh ning janubiy shtatlariga keltirilgan. 19- asrning 30-yillarida takomillashtirilgan shakli yuzaga kelgan. Unda metall pardali uzun dastasiga 5 ta po’lat sim tortiladi. Yakka tarzda hamda jo’rnavoz soz sifatida ishlatiladi.

Tovushi o’tkir, jarangdor. Banjoda bir ovozlik kuylar hamda akkordlarni chalish mumkin. 20- asrda Banjoning yangi turlari (Banjo ukulele, Banjo.-mandolina, Banjo tenor, Banjo gitara) yuzaga kelgan.

manbaa: megadunyo.uz

Вам может понравиться

Добавить комментарий