Ayollar futboli haqidagi qiziqarli 10 ta fakt

  1. XVII asrga oid adabiyotlarda Shotlandiyada ayollar o’rtasida juda ajoyib futbol musobaqasi o’tkazilgani qayd etilgan. Bunda turmushga chiqqan va chiqmaganlar maydonda kuch sinashganlar. Afsuski, kim g’olib bo’lgani noaniq.

  2. 1895 yilning mart oyida Britaniyada birinchi rasmiy uchrashuv ham bo’lib o’tgan. Shimol va Janub o’rtasida o’tkazilgan musobaqada shimollik xonimlar jamoasi 7:1 hisobida g’alabaga erishgan.
  3. 1917 yilda Prestondagi «Nort End» stadionida o’tkazilgan ayollar o’rtasidagi futbol matchiga 10 ming tomoshabin tashrif buyurgan va chiptalar sotuvidan 600 funt sterling pul tushgan. Bu o’sha davr uchun rekord natija bo’lib, hatto erkaklar ham havas qilsa arzirdi.
  4. Ishonish qiyin, lekin hatto 1970-yillarga qadar ham Braziliyadek futbol mamlakatida ayollar futboli butunlay taqiqlangan edi.
  5. 1921 yilda «Dik Kerr Ledis» va «Sent Xelen ledis» jamoalarini uchrashuviga 53 ming tomoshabin tashrif buyurgan.Картинки по запросу фото Dik Kerr Ledis«Dik Kerr Ledis» ayollar futbol jamoasi
  6. 1921 yilda Britaniya futbol assosiasiyasi ayollar futbolini ta’qiqlab qo’ydi va 60- yillarning oxiriga qadar davom etgan.
  7. Ayollar o’rtasidagi dastlabki milliy liga Italiyada paydo bo’ldi.
  8. 1986 yilga kelibgina FIFA qoshida ayollar futboli bo’yicha qo’mita tashkil qilindi va 1988 yilda Xitoyda sinov tariqasida rasmiy xalqaro turnir o’tkazildi.
  9. Dastlabki Jahon chempionati 1991 yilda Xitoyda bo’lib o’tdi.

  10. 10. 1996 yilda ayollar futboli Olimpiada o’yinlari sirasiga kiritildi.

Вам может понравиться

Добавить комментарий