«Avtogol» urgan anti-qahramonlar haqida

Avtogol desa O’zbek futboli muxlislari ko’z o’ngiga Shoraxmedov va Yo’ldoshevlar keladigan bo’ldi. Biroq bizning bugungi hikoyamiz ular haqida emas. Shundoq ham ushbu ikki himoyachi haqida yetarlicha aytildi, gapirildi va yozildi. Biz jahon futbolida o’z avtogollari bilan muxlislar xotirasida saqlanib qolgan futbolchilar haqida so’z yuritamiz.

1995-yili Belgiya chempionatining navbatdagi turida «Jerminal» jamoasi o’z maydonida «Anderlext»ni qabul qiladi. Ushbu o’yin qahramoni mezbonlar himoyachisi Sten ven den Buys bo’ldi. U o’yinda «xet-trik»ka erishadi. Eng qizig’i gollarining barchasini o’z darvozasiga kiritadi. Mehmonlar bironta ham gol urmay turib 3:2 hisobida g’alabaga erishadilar. Ha bunaqa omadni faqat orzu qilish mumkin.

1976-yilda «Aston Villa» – «Lester» o’yinida «Villa»ning Shimoliy Irlandiyalik futbolchisi o’ziga xos «poker»ga erishdi. Ya’ni ikkitasini raqib darvozasiga qolgan ikkitasini esa o’z darvozasiga yo’llaydi. Ajablanarlisi o’yinda undan boshqa hyech kim gol ura olmagan.

«Avtogol» urgan futbolchini raqib jamoa muxlislari xush ko’rishadi. Biroq sevimli jamoasining o’yinchisi o’z darvozasini ishg’ol qilib qo’ysa bormi? Ana ko’ring tomoshani. Bunaqa futbolchini muxlislar kechirishi qiyin. Bunga misol tariqasida kolumbiyalik Pablo Eskobarni keltirib o’tishimiz mumkin. Jahon chempionatida AQShga qarshi bellashuvda himoyachi kutilmaganda o’z darvozasini ishg’ol qilib qo’yadi. Uning bu qilmishini kechira olmagan ashaddiy fanatlar uni 10 kundan keyin vahshiylarcha o’ldirib ketishadi. Birgina xato futbolchining hayotiga «nuqta» qo’ygan edi.

Gruziya terma jamoasi sobiq himoyachisi Kaxa Kaladze 2009-yilda Italiyaga qarshi kechgan bellashuvda «avtodubl»ga erishib «Skuadra adzurra»ga g’alabani tuhfa qilgan edi.

Jahon chempionati-2010 oldidan o’tkzilgan o’rtoqlik o’yinlarida Yaponiya termasi ikkita uchrashuvda umumiy hisobda 0:3 hisobida imkoniyatni boy beradi. E’tiborlisi har uchchala gol ham kunchiqar yurt vakillari hisobiga yozilgan.

Angliya Premyer ligasining o’tgan mavsumida «Liverpul»ning Slovakiyalik himoyachisi naq to’rtta avtogol kiritib, o’ziga xos antirekord o’rnatishga muvaffaq bo’ldi.

Darvoqye «Oltin to’p»ning ikki karra sohibi hisoblanadigan portugaliyalik Krishtianu Ronaldu ham o’z darvozasini ishg’ol qilib qo’ygan. Ispaniya chempionatida «Granada» mehmoni bo’lgan «Real» minimal hisobda imkoniyatni boy beradi. Qiziq tomoni yagona golni Ronaldu o’z darvozasiga kiritib qo’ygan. Bu voqyea, omadsizliklardan hyech bir futbolchi himoyalanmaganligiga yana bir isbot bo’la oladi.

Futbol olamida g’aroyib avotogollar ham yo’q emas. Tailand va Indoneziya termalari o’yinida g’olib chiqqan jamoa kuchliroq raqibga duch kelishi ayon bo’lgach, jamoalar mag’lubiyatga uchrash yo’lini izlay boshlaydilar. Hisob 2:2 ko’rinishida yakunlanish arafasida turgan edi. Biroq so’nggi soniyalarda indoneziyalik himoyachi bor mahoratini ishga solib, o’z darvozasini ishg’ol qilishga uringan. Tailandliklar esa bunga qarshilik qilishadi. Biroq himoyachi uddaburon chiqib qoladi va o’z darvozasiga to’pni aniq yo’llab, jamoasiga mag’lubiyatni tuhfa etadi.

manba:  Jorge Andreas Leo (FCB)

Вам может понравиться

Добавить комментарий