2018 yilda avtomobillarga aqlli o‘rindiqlar o‘rnatiladi

Spread the love

Amerikaning avtomobil o‘rindiqlarini ishlab chiqaruvchi yetakchi kompaniyalaridan biri  Lear Corporation uch yildan keyin aqlli o‘rindiqlar ishlab chiqarishi haqida xabar berdi. Smart-kreslolar haydovchining tana tuzilishi va o‘tirish holatiga qarab o‘zi moslashish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

O‘rindiqlar – avtomobil interyeridagi eng qimmat qismlardan biri bo‘lib, narxi jihatidan uni Hi-End sinfidagi audioapparatura bilan ham taqqoslab bo‘lmaydi. Lyuks avtomobillarda haydovchi o‘rindig‘i – ko‘p funksiyali:  massaj qiluvchi pnevmokamera, sovutish ventilyatorlari, havo yo‘naltirgichlar va ohanjamador isitish tizimlari o‘rnatilgan haqiqiy san’at asari hisoblanadi. Boshqa o‘rindiqlar ishlab chiqarish murakkabligi jihatidan avtomatik uzatmalar qutisi bilan bir qatorda turadi. Shuning uchun ko‘plab avtomobil ishlab chiqaruvchilari o‘rindiqlarni o‘zlari tayyorlamasdan, balki ixtisoslashtirilgan firmalarga buyurtma berishni afzal ko‘rishadi. Ulardan biri Amerikaning Michigan shtatida joylashgan Lear kompaniyasi bo‘lib, 2017 yilda u o‘zining yuz yilligini nishonlaydi. 2018 yilda esa  avtomobil o‘rindiqlari sohasida misli ko‘rilmagan yangiliklar yaratishni va’da qilayotgan kompaniya iste’molchilarga qulaylikning sifatli yangi bosqichini taklif qilishni rajalashtirmoqda.

Aqlli avtoo‘rindiq konsepsiyasi, qo‘l bilan sozlash imkoniyatini yo‘qqa chiqarib: haydovchining ruhiy kechinmalarini, fizik parametrlarini o‘lchaydigan, ko‘p sonli biometrik datchiklardan olingan ma’lumotlar asosida haydovchi holatiga qarab mustaqil moslashadi. O‘rab olingan qurilma tanaga tushadigan og‘irlikning optimal tarzda tarqatib berilishini ta’minlaydi, elektronika esa ushbu daqiqalarda organizm uchun nima talab qilinishini – massajmi, ventilyatsiyami, qizdirishmi, biroz erkinroq ushlab turishmi yoki katta tezlikda qayrilishlardan o‘tishda mahkamroq ushlashmi barchasini elektronikaning o‘zi belgilaydi. Albatta, bunaqa innovatsion “stul” ancha qimmat turadi – uni birinchi navbatda premium segmentidagi avtomobillarda taklif qilishadi. Lear Corporation injenerlari uni Intu deb nomlashdi, chamasi bu nom intuitive, ya’ni “intuitiv” (ichki his bilan sezish) so‘zidan olingan.

Вам может понравиться

Добавить комментарий