Atrof-muhit  haqida qiziqarli faktlar

  • Cho`llashish jarayoni soatiga 7km2 tezlik bilan ro`y bermoqda, ya’ni yiliga 9 mln. Bundan tashqari cho`l va chala cho`l o`lkalarda har yili 20 mln gektardan ortiq yer maydoni keskin o`zgarmoqda.

  • Niderlandiyachuchuk suvni Norvegiyadan, Saudia Arabistoni – Filippindan, Gonkong – Hitoydan, Singapur– Malayziyadan keltiradi. Suvni suv quvurlar orqali Grenlandiya va Antarktidadan Yevropaga, Amazonka etaklaridan Afrikaga keltirish loyihalari mavjud.
  • O`rtacha kattalikdagi aysberglarni (uzunligi 100m, eni 600 m, balandligi 300 m) tortib olib kelishning texnik loyihalari ishlab chiqilgan. Buning uchun 5-6 ta shatakli kema kerak bo`ladi. Ayzberglar ustini qayishqoq material bilan o`rash ularni erib ketishidan saqlaydi. Tortib olib kelinayotganda aysberg erib ancha qismini yo`qotsa ham baribir iqtisodiy jihatdan o`zini oqlar ekan.
  • 80-yillarda har yili 1 mln, gektardan ortiq tropik o`rmon qirqilgan va yana 4.5mln gektar yerda daraxtlar tanlab kesilgan. Har daqiqada tropik o`rmonlardan 14-15 gektari qirqilib bormoqda.
  • Yerdagi har bir kishi uchun taxminan 270 mln m3dengiz suvi to`g`ri keladi. Buncha suv Moskva daryosidagi Mojayskaya dengizi kabi suv omborlarining 7 tasiga to`g`ri keladi.
  • Dunyo okeanida kit ovlash kasbi 1868-yilda paydo bo`lgan va hozirga qadar hamma tur kitlardan 2 mln.dan ortig`i ov qilingan. 1962- yili kit ovlash uchun ancha qulay yil bo`ldi, shu yili 66 ming kit ovlandi. Kit ovlash dastlab chegaralandi, va so`ng ra umuman man qilindi.
  • Dunyoda 2,5mingdan ortiq yirik qo’riqhonalar, rezervatlar, tabiiy va milliy bog’lar bor, ularning umumiy maydoni 4 mln. km2dan ortiq, Yerning 2,7% maydonini egellagan. Maydoniga ko’ra eng yirik milliy bog’lar Grenlandiya, Botsvana, Kanada va Mo’g’iliston va Alyaskada joylashgan.
  • Amerika olimlari 80-yillarning boshida Tinch okeaning faqat shimoliy qismida millionlab plastik haltachalar, 35 million plastik va 70 million shisha butilkalar, plasmassadan yasalgan turli tuman buyumlar, 5 million eski poyafzal suzib yurganini aniqlagan. Bunday buyumlarning dengiz hayvonlari qornidan topilishi oddiy hodisa bo’lib qoldi.
  • Norvegiyalik mashhur olim va sayyoh Tur Heyrdan 1947-yilda “Kon-tiki” solida Tinch okean orqali suzganida o’z yo’lida hech qanday ifloslovchi moddani ko’rmagan. 1969-yillda esa u “Ra “nomli yelkanli qayiqda Atlantika okeanida suzib o’tkanda okeanning hatto o`rta qismida1400 mil masofada suv yuzasida neft pardasini ko`rganini aytadi. Neft o`tkir hid tarqatib yotardi.
  • Afina Akropoli keyingi 10 yilliklarda oldingi ming yildagiga qaraganda ko`proq buzildi. Bu gap Misrdan Londonga yuz yil oldin olib kelingan malika Kleopatra yodgorligiga ham tegishlidir. Keln sobori keyingi o`n yilliklarda qurilgandan keyingi yuz yilliklarga qaraganda ko`proq zararlandi.
  • Hozirgi vaqtda dunyoda aholi ro`yhati o`tkazilmagan (Omon bilan Qatarni istesno qilganda) mamlakat qolmagan. 1975- 1984- yillarda (bu yillarni BMT aholi ro`yhati o`tkaziladigan o`n yillik deb e’lon qilingan.) 191 mamlakat va hududda kamida bir marta aholi ro`yhati o`tkazildi : bunda dunyo aholisining 95% qamrab olindi .
  • Demograf -ma’lumotchilar hisobiga ko`ra, butun insoniyat tarixi davomida 80 mlrd. dan ortiq odam tug`ilgan, shu jumladan miloddan avvalgi 40- ming yilda 4 mlrd. kishi, milod boshidan 1750 yilgacha 61 mlrd. va 1750 yildan 1990 – yilgacha 15 mlrd.dan ortiq odam dunyoga kelgan.
  • Dunyoda har yili 140 mln. bola tug’iladi. Binobarin, har sekundda uch bola, har daqiqada 175 bola , har soatda 10,4 ming bola, bir kecha-kunduzda 250 ming odam tug’iladi. Bu Andijon va Namangandan salgina kichik shahar aholisiga teng. Har 9 kunda yangi Toshkent qo’shiladi deyish mumkin. Har oyda dunyo aholisiga Avstraliya yoki Tunis kabi davlat aholisi qo’shiladi.
  • Germaniyada bolalar salmog’i dunyo bo’yicha eng kam – 15 foiz, Keniyada eng katta – 51 foizni tashkil etadi. Qariyalar soni Shvetsiyada eng ko’p (24 foiz) va Quvaytda eng kam (2 foiz) dir. Mutlaq soniga ko’ra bolalar Xitoyda (330mln.) va Hindistonda (290 mln.) eng ko’p.
  • Dunyodagi barcha shaharlar har yili atrof-muhitga 3 mlrd. tonnagacha qattiq sanoat va uy-ro’zg’or chiqindilari, 500 km dan ortiq sanoat hamda uy-ro’zg’or ifloslangan suvlar va 1 mlrd tonnaga yaqin har xil aerozollar chiqarib tashlaydi. Taqqoslab ko’ring: Yerda 578 ta faol vulqon bor, ular otilishidan 2,5 mlrd.tonna lava, kul, suv bug’I va gazlar chiqadi.
  • “Delta-plan” ekologiya dasturi 1953 yilgi halokatga suv toshqinidan keyin qabul qilingan; o’sha yili dengiz to’lqinlari ta’sirida damba va shlyuzlar yemirilib ketib, Reyn, Maas va Shelda deltalarini suv bosib, 50 ming xonadon vayron bo’lgan. Bu hol suv to’lqinini to’sish uchun odamlar kecha-yu kunduz dambadagi suv urib ketgan joylarni to’sishganiga , kapitanlar esa o’z kemalarini sayoz joylarga qo’yib to’lqinlar yo’lini to’sishga urinishlariga qaramay ro’y bergan. Bu rejaga ko’ra damba va shlyuzlar deyarli barcha daryo hamda kanallarning qo’yar joylarini to’sadi. Dambalarni qurishga ishlatiladigan toshlar Shvetsiya bilan Finlyandiyadan tashib keltiriladi, Gollandiya mamlakatida dambalarning umumiy uzunligi hoziroq 3 ming km dan ortib ketdi.

Вам может понравиться

Добавить комментарий