Atmosferada magnit bo’ronlari kuzatilmoqda

Diqqat, shu yilning 13-14 oktyabr kunlari atmosferada o’ta kuchli magnit bo’ronlari kuzatilarkan…

Ushbu magnit bo’ronlari ta’siriga surunkali xastalikka yo’liqqanlardan tashqari, o’ta hissiyotga boy insonlar, shu bilan birga elektron texnika vositasi ham tushib qolishi kutilmoqda. Qolaversa, magnit bo’ronlari fazo yo’ldoshlari, tele-radiosignallar, telefon aloqasi sifatiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.

Похожее изображение

Bunga asosiy sabab esa ayni kunda Quyoshda yana kuchli, seriyali portlashlar sodir bo’lishi va buning oqibatida yerning ustki qismiga quyosh plazmasi yog’ilishidir. Aynan 13-14 oktyabr kunlari bu taxlit plazmalar yog’ilishi yangilanish pallasiga kirarkan.
«Fobos» ob-havo markazi mutaxassislarining fikriga ko’ra, magnit bo’ronlari bosh og’rig’i, migren, o’zingizni yomon his eta boshlashingiz, yurakning me’yordan tez urishi, uyqusizlik va qon bosimi sakrash kabilarni keltirib chiqaradi.
Eslatib o’tamiz, quyoshdan ajralib chiqqan magnit shamollari 2017 yil 6 sentyabridan beri tinmayapti. Lekin hozir kutilayotgani kabi o’ta kuchli magnit bo’ronlari yaqin yillar ichida kuzatilmagan.
manba:facebook.com

Вам может понравиться

Добавить комментарий