Asli xato faktlar

Odamlar bolaligidan ishonib keladigan ayrim ilmiy taxminlar yoki faktlar tekshirib ko’rilganida, ba’zida mutlaqo noto’g’ri bo’lib ham chiqadi. Quyida ana shunday faktlarning ayrimlarini rad etishga urinib ko’ramiz.

  1. Ko’zi ojizlarga nisbatan ishlatiladigan “ko’rshapalak” so’zi umuman ko’rish qobiliyatini yo’qotganlikni bildirmaydi. To’g’ri,ko’rshapalaklar exolokasiyadan foydalanadi, ammo ularning hammasi juda yaxshi ko’rish qobiliyatiga ega.
  2. Baland binodan tashlangan tanga odamni o’ldirishga qodir emas. Tanga tusha yotgan paytda soatiga 80 km tezlikni oladi, ammo bu baribir yetarli emas.
  3. Kelajakda mallasochlarva och sariq sochlar yo’qolib ketmaydi. Sochlarning shu ranglari uchun javob beruvchi resessiv genlaravloddan- avlodga va boshqa rangdagi sochli odamlar orqali ham o’tar ekan.
  4. O’limdan keyin tirnoqlar va sochlar o’smaydi. Terining siqilish effekti xuddi ular o’sayotganday taassurot qoldirishi aniqlandi.
  5. Mutlaq toza suv — elektrni yaxshi o’tkazmaydi. Kundalik hayotda ishlatiladigan suvda turli minerallar va elementlar aralashmasi mavjud bo’ladi, shu bois bunday suv orqali elektr toki urishi mumkin.
  6. Qurbaqa va baqalar so’galni yuqtirmaydi. Ammo u boshqa odam bilan qo’l berib ko’rishish orqali yuqishi mumkin, chunki so’gallarni keltirib chiqaradigan papilloma virusi faqat odamlarda bo’ladi.
  7. Tuyaqushlar xavf tug’ilganida boshini qumga tiqmaydi. Ular boshini umuman yashirmaydi. Xavfni his qilgan tuyaqushlar yerga yotib oladi va o’zini o’lik qilib ko’rsatadi.
  8. Kislorod yetishmovchiligida qon ko’k rangga emas, balki to’qqizil rangga kiradi. Shunchaki vena tomirlari teri orqali ko’kimtir tusda ko’rinadi.
  9. Qand bolalarni giperfaol qilmaydi. O’tkazilgan bir necha tadqiqotlar jarayonida bolalarga qand qo’shilgan va qo’shilmagan ichimliklarni berib ko’rishgan, ammo buularning faolligiga hyech qanday ta’sir ko’rsatmagan.
  10. Tuxumni faqat bahorgi tengkunlik sanasida emas, balki yilning istalgan kunida vertikalholatda qo’yish mumkin.
  11. Barmoq bo’g’imlarini qisirlatish bilan ofisdagi ham kasblaringizning g’ashiga tegishingiz mumkin, biroq bu artritni keltirib chiqarmaydi. Osteoartritga yosh o’tishi, jarohatlar, semirish va genetika sababchi bo’lishi mumkin.
  12. Tabiiy mahsulotlarda pestisidlar yo’q debo’ylash noto’g’ri. Pestisidlar bor, lekin ularning miqdori shu darajada kamki, bu haqda tashvishlanishga xojat yo’q,deyishmoqda AQSh qishloq xo’jalik departamenti vakillari.
  13. Stress surunkali gipertoniyaning asosiy sababchisi emas. To’g’ri, kuchli stressqon bosimini vaqtinchalik oshirishi mumkin, ammo gipertoniyaning sababi boshqada: noto’g’ri ovqatlanish, genetikmoyillik, kashandalik.
  14. Yashin bir joygaikki marta urishi mumkin. Empayr Steyt Bilding kabi joylarga esa yiliga 100 martagacha uradi.
  15. Odam tug’ilganidan boshlab butun hayoti davomida asab hujayralarini yo’qotadi deb hisoblaydigan kishilar yanglishadi. Miya yangi asab hujayralarini nafaqat yoshlikpaytida, balki katta yoshda ham ishlab chiqarishda davom etadi. Ushbu jarayon neyrogenez deb nomlanadi.
  16. Odamlar miyaning bor-yo’g’i 10%dan foydalanadi degan keng tarqalgan fikr xato bo’lib chiqdi. Biz miyadan to’liq foydalanamiz, miyaning alohida uchastkalari esa turli vaqtlarda qo’llaniladi.
  17. Akulalar saratonga chalinishi mumkin. Ular bu kasallikka chalinmaydigan degan afsona akula kemirchagini saratonga qarshi dori sifatida sotgan Uilyam Leyn tomonidan o’ylab topilgan.
  18. Yoz fasli Shimoliy yarim shar Quyoshga yaqinlashgani uchun emas, balki quyosh nurlarining tushish burchagi o’zgargani bois kirib keladi. Yozda Yerning aylanish o’qi Quyoshga nisbatan 23° 27′qiyalikda bo’ladi. Agar Yerning aylanish o’qi Yer orbitasiga nisbatan to’g’ri burchak ostida joylashganida, yil fasllari ham bo’lmasdi. Hamma kunlar bir xil o’tardi.
  19. Fazodan nafaqat Buyuk Xitoy Devorini, balki boshqa yirik inshootlarni ham ko’rish yoki mutlaqo ko’rmaslik mumkin. Bu oraliqdagi masofaga bog’liq. Oy yuzasidan faqat chiroqlarni ko’rish mumkin.
  20. Makdonalds gamburgerlari aynimaydi, degan gaplar noto’g’ri. Agar gamburger uzoq vaqt qoldirilsa, u boshqa har qanday ozuqa kabi aynishni boshlaydi.

Вам может понравиться

Добавить комментарий