Asab qiynaganda

Asablar… «Asablar kimlarni qulatmas, uyquni yaqin yo’latmas…». Ayniqsa, shu og’dar-to’ntar zamonda. Asabingiz buzilsa, o’zingizga ehtiyot bo’ling, saqlaning, quyidagilarga rioya qiling.

Dalaga  chiqing,  tomorqadan  qidirib  arslonquloq  o’tini  toping.  Uni  soyada  quriting, maydalang, bir osh qoshig’ini choydek qaynatib damlang yoki bir piyola qaynoq suvga solingda, kavlab tindiriig, iching, asabiigiz o’rniga keladi.

* * *

Asab ortiqcha buzilsa, oddiy osh qizilchadan damlama tayyorlating. Salqinda tindiring, ko’ngil ko’targancha tabiiy asal bilan biru bir miqdorda aralashtiringda, iste’mol qiling. Ana dori.

* * *

Mehnat jarayonida tez xorib- charchalsa, asab junbushga kelsa, jinsiy a’zolar qiynasa, jenshen  tomiri(birga o’n,  bargi  esa  ikkiga  o’n miqdordagi) spirtda  saqlanadi.  O’n  besh- yigirma tomchidan ichiladi. Aralashma miqdorini o’zgartirib, choy qilib ichilsa ham bo’ladi.

Yangi bargini suvda qaynatib, kuniga uch mahal bir qoshiqdan ichsa ham charchoq yoziladi, quvvatga quvvat qo’shiladi.

* * *

Moychechak, arslonquloq va do’lana gullarini(bir- uch) miqdorda aralashtirib damlama qilinadi. Aralashma qaynatiladi. Sakkiz soat dvvomida sovitib tindiriladi. Yurak sanchganda kuniga uch mahal ovqat oldidan bir qoshiqdan ichiladi.

* * *

Rayxon va moychechak oilasidagi o’tlar tomirini to’plab, aralashma hozirlanadi. Bir piyola suvda aralashmadan bir qoshig’i qaynatiladi. Idish og’zi mahkamlab, sovitiladi. Suziladi. Kuniga bir- ikki bor iste’mol qilinadi.

* * *

Dalada o’sadigan oddiy sovun o’t odamning markaziy asab sistemasini me’yorlashtirishga ko’maklashadi. Butun tanani sog’lomlashtiradi. Tayyorlash usuli bir osh qoshiqdagi ko’katni (yangi  terilganimi,  quritilganimi  baribir)  qaynoq  suvga  solib  past  olovda  besh  minut qaynatiladi. Sovitib suziladi. Ovqatlanishdan oldin uch mahal ichiladi. Aroqqa solib7 – 10 kun saqlangani30 – 40 tomchidan uch mahal iste’mol qilinadi.

* * *

Mo’miyo asab tizimining buzilishini, suyak sinishi, chiqishi, zaharlanish, diqqinafaslik, vaqti-vaqti bilan tutadigan bosh og’rig’i, tutqanoq, ichak yo’llaridagi yaralar, sil va boshqa kasalliklarni davolaydi. Mo’miyo so’zi yunoncha, «takani saqlovchi» degan ma’noni bildiradi.

Asab miyaga bog’liq. O’zgarish asab tomirlari ta’sirida bo’ladi. Xotira susayadi. Sezgida nuqson  bo’ladi.  Harakat  o’zgaradi.  Zarba  gangiratib  qo’yadi.  Hush  yo’qoladi.  Chekmaslik, ichkilikdan olovdan qochgandek qochish kasallikning oldini olish garovi.

Manbaa: I.To’xtasinov. Sinalgan davolar

Вам может понравиться

Добавить комментарий