Arximedning sirli ko`zgulari

Ikkinchi Puni urushida rimliklar Sitsiliya orolida joylashgan greklarning Sirakuza shahrini bosib olishgandi. Eramizdan avvalgi 212 yilda bu shaharni qo`riqlash buyuk olim, matematik, astronom va mutafakkir Arximedni qattiq tashvishga sola boshladi.
Arximed tezda shahar devorlarini mustahkamlash uchun o`sha paytda misli ko`rilmagan ixtiro yaratish kerakligini angladi. U o`q otish qurilmasi va dushman kemasini yakson qiluvchi jihozlar yaratishga kirishdi. Arximedning eng dahshatli quroli bronzadan tayyorlangan ko`zgu edi. U shunday ko`zgulardan 450 tasini shahar devorlariga o`rnatgan. Quyosh nurlari aksi 138 metrgacha kuchli darajada urilgan bu ko`zgular vositasida kema yelkanlari yondirilgan. Oldindagi dushman kemalari esa tezda kulga aylangan.

Italiyalik fizik olimlar bu voqea aslida bo`lgan yoki boâE~lmaganini isbotlashmagan. Ular har biri 445 sm2 bo`lgan 450 ta ko`zguni 50 metr uzoqlikdagi yelkanlarga qaratib qo`ydilar. Kuzatishdan ma`lum boâE~ldiki, har bir ko`zgu yelkanni 0,50 isitar ekan. Bir necha daqiqadan so`ng esa yelkan, haqiqatan ham, yonib ketdi.

Biroq Arximedning ushbu sirli quroli o`z xizmatini to`liq isbotladi, deb bo`larmikan?

Tarixchilarning guvohlik berishicha, rimliklarning trirem (qadimgi uch eshkakli qayiq)lari bir necha daqiqada emas, balki darrov yongan. Albatta, 2200 yil avval bo`lib o`tgan bu voqeani tasavvur qilish mushkul va hozirgi ko`zgular bilan oldingilari o`rtasida ancha-muncha farq bormikan, deb o`ylaydi, kishi. Balki o`sha ko`zgular to`g`ri emas, bukilganroq shaklda bo`lgandir. Ehtimol, kemalar ko`zgular yordamida emas, yondirilgan kamon o`qi bilan vayron qilingandir. Ko`zgular esa aniqlik belgisini anglatib, ko`zni qamashtiruvchi nur dushmanni sarosimaga solgan bo`lishi mumkin.

Rim floti komandiri Klavdiy Martsell bir necha marotaba shaharni bosib olmoqchi bo`ldi. Ammo Arximedning sirli quroli bunga yo`l qo`ymasdi. Shaharga yaqinlashgan kemalar ham tezda barbod bo`lardi. Lekin rimliklar Sirakuza shahrini baribir quruqlik va dengiz orqali bosib olishdi.

… Rim askarlari ko`zgu kim tomonidan o`rnatilganini bilib, vajohat bilan Arximedning uyiga bostirib kelishadi. Ixtirochi bu paytda engashib, chizma chizayotgan edi va boshida qilich o`ynatib turgan askarlarni ko`rib, “chizmalarimga tegmanglar” deb aytishga ulguradi, xolos. Bolt va gaykaning, sonining asoschisi – buyuk matematik olim yorug` olam bilan shu tariqa vidolashdi. Uning qabriga tsilindrli sharsimon tosh qo`yilgan bo`lib, asrlardan-asrlarga o`tib kelmoqda.

Arximedning ko`zgularigina emas, balki o`tmishdagi boshqa harbiy texnikalarning siri ham hozirga qadar yechilmagan. Masalan, arxeologlar qazilma ishlarida katta haroratga bardosh bera oladigan toshli devorlarni topishgan. Odamlar o`sha davrda qanday qilib toshni erita olganlar? Suvda yonadigan mashhur yunon olovini eslaylik. Bu olovning siri ham haligacha mavhum.

Вам может понравиться

Добавить комментарий