Artel Mobiledan yangi P5 smartfoni

 Zamonaviy va funksional, yangi Artel P5 smartfoni Sizning doimiy yordamchingizga aylanadi.

Artel Mobile e’tiboringizga o’zida nafis dizayn va zamonaviy texnologiyalarni mujassamlashtirgan yangi smartfonni taqdim etadi.

Dizayn

 Artel Mobile zamonaviy smartfon qanday bo’lishi kerak, degan savolga o’z nazarini taqdim etmoqda. Birinchi navbatda, bu model dizayn borasidagi so’nggi tendensiyalarga muvofiq tarzda ishlab chiqarilganini qayd etib o’tish kerak.Artel P5 ishlab chiqaruvchilarini zamonaviy texnologiyalar dunyosida so’nggi oyna va metall konsepsiyasi, nafis va jozibador dizayn yaratishga ilhomlantirdi. Smartfon 2 xil rangda taqdim etilgan bo’lib, u turli avlod va kasb egalariga shubhasiz ma’qul keladi.

Kamera

 Bugungi kunda mobil telefonlarni tanlashning asosiy mezonlaridan biri uning sifatli suratga ola bilishidir. Ayni shu talab e’tiborga olinib P5 telefonini ishlab chiqishda uning kamera qurilmasiga alohida e’tibor qaratilgan. Smartfon asosiy kamerasi 13 megapikselli bo’lib, yaxshi yoritilmagan joylarda ham sifatli suratlar olish imkonini beradi. 8 megapikselli frontal kamera aqlli avtofokus va bir lahzalik yoritqichga ega bo’lib, selfiga ishqibozlariga juda ma’qul keladi. Artel P5 kamerasining yana bir ustunligi Beauty Face funksiyasidir. Bu funksiya Sizning suratlaringizni yanada jozibador qilish imkonini yaratadi.

Ichki qismi

Telefon parametrlari ham Sizlarni befarq qoldirmaydi.Taqdim etilgan P5 8 yadroli Qualcomm 430 platformasi asosida ishlab chiqilgan bo’lib, yangilanish xususiyatiga ega Android 7.1 dasturiy ta’minotida ishlaydi. Bu parametrlar smartfonni yuqori tezlikda samarali ishlashini ta’minlaydi. Batareya quvvati 3000 mAs bo’lib, kun mobaynida telefondan faol foydalanish mumkin. Biznes vakillari va tadbirkorlar uchun Artel Mobile 2ta sim kartadan foydalanish imkoniyatini ko’zda tutgan. Bu bilan u Sizni doimo aloqada bo’lishingizni ta’minlaydi.

Ekran

dyuymli Full HD o’lchamli sensor ekranga alohida e’tibor qaratish maqsadga muvofiq bo’ladi. Ushbu modelning displeyi tasvirdagi barcha ranglar jilovini o’zida aks ettiradi. Shuningdek, Artel P5’ni ishlab chiqishda IPS matrisadan foydalanildi, bu esa o’z o’rnida ko’rish burchagini salkam 180 darajaga kengaytirdi va yuqori piksellar zichlikdagi displeyni ishlab chiqish imkonini yaratdi.

Himoya

Artel Mobile ishlab chiqaruvchilari sizning shaxsiy ma’lumotlaringizni muhofaza qilishni ham ko’zda tutgan. Maxsus sensor barmoq izlarini his qiladi va telefondagi ma’lumotlar xavfsizligiga ishonch hosil qilishingizni ta’minlaydi. U birdaniga besh barmoq izini xotirada saqlay oladi. Saqlangan barmoq izlari telefonning 5ta turli funksiyasiga tezlik bilan kirish imkonini beradi. Kompaniya tomonidan yangi smartfonga 1 yil bepul to’liq kafolat beriladi, bu mutaxassis ish haqi, ta’mirlash hamda ehtiyot qismlarini almashtirishni o’z ichiga qamraydi. Artel Mobile O’zbekiston aholisiga hamyonbop narxlarda bo’lgan zamonaviy telefonlarni taqdim etadi. Shu sababli, endilikda, aksariyat iste’molchilar zamonaviy texnologiyalarning barcha jihatlaridan foydalanishlari mumkin. Bu, o’z navbatida, aholi uchun yangi imkoniyat yaratadi.

 manbaa: kun.uz

Вам может понравиться

Добавить комментарий