“Aqlli” qo‘ng‘iroqli eshik

Notifying Doorbell deb nomlanuvchi eshik qo‘ng‘irog‘i ostonada turgan mehmonni suratga tushirib, to‘ppa-to‘g‘ri xonadon sohibining smartfoniga uzatadi.

Shu bois, endi eshik ochish uchun yugurib borish yoki “kimsiz” deya so‘rashga hojat qolmaydi. Antiqa qo‘ng‘iroqning ishlash prinsipiga kelsak, qo‘ng‘iroq tugmasi bosilgan zahoti unga ulangan veb-kamera ishlab ketadi. Kamera muhrlagan surat darhol PushingBox servisiga, u yerdan esa qo‘ng‘iroq egasining elektron manziliga yuboriladi.

Картинки по запросу Notifying Doorbell

Amerikalik kashfiyotchi Kliment Shtorkning ta’kidlashicha, ushbu moslamani istagan kishi o‘z qo‘li bilan yasashi mumkin. Buning uchun Arduno ochiq kodli mikrokontroller, eshik qo‘ng‘irog‘i va veb-kamera kerak bo‘ladi.

Вам может понравиться

Добавить комментарий