Angliyada ikki xizmatkor erkak uy bekasining nomusiga tegib, keyin tiriklay yoqib yubordi…

Jinoyat Angliyaning Nyukasl shahridagi xonadonlardan birida sodir etilgan. Shu xonadonda mardikorchilik qilayotgan ikki erkak 28 yoshli uy bekasini uyda hech kim yo’qligidan foydalanib, ikki soat davomida zo’rlashgan, nomusini poymol qilishgan, keragicha ustidan kulishgan. Ismi-sharifi tergov manfaatlarini ko’zda tutib sir tutilgan bu ayol ikki soat davomida o’lar holatga kelib bo’lgandi. Bunga vahshiy erkaklar uni shafqatsizlarcha kaltaklashlari, qiynashlari sabab bo’ldi. Achinarlisi, polda dumalab yotgancha o’lim bilan olishayotgan bu ayolni ikkala mardikor ovqatlanib o’tirib bemalol tomosha qildi. Hatto, ularning biri go’yo jahlini jilovlay olmagan bo’lib, achchiq qalampir chaynashdan ham tiyila olmadi. Bu harakatni ham ojizani masxaralash, kamsitish niyatida amalga oshirdi. Keyin esa ular jinoyat izlarini yo’q qilish niyatida ayolni hovliga olib chiqishdi-yu, tiriklay yoqib yuborishdi.

Albatta, jinoyat hech qachon jazosiz qolmaydi. Vahshiy, odamiylik tusidan mosuvo bu ikki mardikor ham politsiyachilar tarafidan qo’lga olingan. Hozirgi kunda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Darvoqe, marhumaning bir farzandi bo’lib, aslida vyetnamlik edi. Angliyada singlisi bilan birga shaxsiy tijoratini ochgandi. Aniqrog’i, uning Nyukaslda manikyur saloni mavjud edi.

manba: hordiq.uz

Вам может понравиться

Добавить комментарий