Alyuminiy haqida faktlar

Yer qobig’i massasining 8,80% tarqalishi bo’yicha dunyoda uchinchi o’rinni egallovchi alyuminiydan tarkib topgan.

Yerning yuqori qatlamini shakllantiruvchi atomlarning har 20 tasidan bittasi alyuminiy atomidir.

Voyaga yetgan har bir inson tanasida 140 mg gacha alyuminiy mavjud.

Voyaga yetgan har bir insonning alyuminiyga bo’lgan sutkalik ehtiyoji 2,45 mg dan iborat deb baholanadi.

Alyuminiy qorishmalari nafaqat Yerda, balki Oy va Marsda ham uchraydi.

Hatto olmaning tarkibida ham 150 mg gacha alyuminiy mavjud.

Tarkibida 85% alyuminiy mavjud bo’lgan eng qadimgi buyum eramizning III asriga tegishli.

Napoleon III ning buyrug’iga binoan alyuminiydan oshxona anjomlari ishlab chiqarilgan bo’lib, ulardan faqat imperator va faxriy mehmonlar bayram ziyofatlarida foydalnishi mumkin bo’lgan. Boshqa mehmonlar esa qimmatbaho kumush va oltindan yasalgan anjomlardan foydalanishgan.

1860 yillarda Parij modasi namoyandalari kiyimida hech bo’lmaganda bir dona oltin va kumushdan ham qimmat bo’lgan alyuminiy taqinchog’i bo’lishi shart edi.

Vaqt o’tgan sari kamyob, boshqa qimmatbaho metallar qatorida turgan alyuminiy quruvchilikda ham juda ahamiyatli materialga aylanib, me’mor va quruvchilarning ko’plab orzulari va rejalarining amalga oshishiga turtki berdi.

Alyuminiyni ftor va kislorodda alanga oldirilsa yuqori miqdorda issiqlik ajraladi. Shuning uchun undan raketa yonilg’isi uchun tezlashtiruvchi qo’shimcha sifatida foydalaniladi. “Saturn” raketasi parvoz paytida 36 tonna alyuminiy kukuni yoqadi. Metallardan raketa yonilg’isi komponenti sifatida foydalanish g’oyasi ilk marotaba F.A. Sendler tomonidan ilgari surilgan.

Jahon miqyosida alyuminiy ishlab chiqarish yildan-yilga ortib bormoqda. Agar og’irligi bo’yicha hisoblaganda alyuminiy jahonda ishlab chiqarilayotgan po’latning 2 %ni, hajm bilan olsak 5-6%ni tashkil etadi. Chunki alyuminiy po’latdan deyarli 3 baravar yengil sanaladi. Alyuminiy mis va boshqa metallarni anchagina ortda qoldirib, ishlatilishi bo’yicha temirdan keyin ikkinchi o’ringa chiqib oldi. Bashoratlarga qaraganda ushbu yuz yillikning oxiriga borib massasi bo’yicha ishlab chiqarilayotgan barcha metallarning 4-5% alyuminiy foydasiga to’g’ri kelar ekan.

Alyuminiy hatto to’qimachilik sanoatida ham o’z o’rniga ega bo’lib bormoqda. Hozirgi kunda yupqa alyuminiy bilan qoplangan yangi mato turi ixtiro qilindi hamda unga alyuminlangan mao degan nom berildi. Davomli isitish va sovutish kabi ajoyib xususiyatlarga ega ushbu mato turli sohalarda ishlatilishi mumkin. Deylik, ushbu matodan qilingan pardalar jazirama kunlarda issiqlikni qaytarib, lekin o’zidan yorug’lik o’tkazadi. Shunday qilib xonada salqin havo va yorug’lik ta’minlanadi. Qishda esa pardaning metal tarafini xonaga qaratsangiz yana ko’p miqdorda issiqlik o’tkaziladi. Mazkur matoni universal mato deb atash mumkin. Chunki alyuminiy kiyim egasiga na issiq va na sovuq xavf tug’diradi. Ob-havo sharoitiga qarab kiyimni boshqa tomon bilan o’girib kiyishning o’zi kifoya.

Bundan tashqari, alyuminiy ko’rpalarni ham ishlab chiqarish yo’lga qo’yilgan. Garchi tarkibida ko’p miqdorda metal bo’lishiga qaramasdan bunday ko’rpalar 55 gr vaznga ega xolos. Agar ko’rpani o’rasak, uni tamaki qutisidan biroz katta bo’lgan qutiga joylashtirish mumkin bo’ladi. Shubhasiz, yaqin kelajakda alyuminiyda yasalgan panama, soyabon va bosh kiyimlarga talab nihoyatda kuchayadi. Shuningdek sayohatchi, baliqchi, geologlar kabi quyosh ostida ko’p bo’ladigan kasb egalari uchun ishlab chiqarilgan alyuminlangan kiyimlar ham o’z sohiblarini topadi. Shu bilan birga o’t o’chiruvchilar uchun alyuminiydan kiyim yaratish ham oqilona ish bo’lardi.

Ushbu metal kashf etilganiga ikki asr bo’lganiga qaramay butun dunyoni egallashga ulgurib, texnik taraqqiyotning tayanch nuqtasiga aylandi. Bekorga alyuminiyni “qanotli metal” deb atashmaydi. Chunki u insonlarning samoga intilishi ramzi bo’lib qoldi. Birinchi navbatda alyuminiy reaktiv samolyotlar va kosmik raketalar bilan bog’liq holatda tasavvur qilinadi. Sababi, ushbu metalsiz ularning kashf etilishi mumkin emas edi. 21 asr butun omma uchun alyuminiy asri bo’lishini bashorat qilinmoqda.

Вам может понравиться

Добавить комментарий