Allergiya nima?

Allergik kasalliklar keyingi yillarda keng tarqalib ketdi va juda xavfli bo’lib qoldi.

Shuning uchun ham bu zamonaviy medisinaning asosiy muammolaridan biri bo’lib qolmoqda. Xususan,  allergik  kasalliklarning  ko’payayotgani  sanoati  rivojlangan  mamlakatlar  uchun xosdir.  Atrof-muhitning  ifloslanishida  sanoat  chiqindilari  yagona  manba  bo’lmay  qoldi.

Inson organizmiga doimo ta’sir ko’rsatuvchi boshqa juda ko’plab allergenlar ham mavjud. Bularga, masalan, aholi tomonidan unchalik ehtiyoj yo’q bo’la turib ko’p miqdorda turli dori preparatlaridan,  jumladan,  antibiotiklardan  keng  foydalanish,  ayollarning  kosmetik vositalarni ko’p ishlatishi, aholini ehtiyotdan emlash va ortiqcha vaksinasiyalar misol bo’la oladi. Oziq-ovqat mahsulotlariga har xil sintetik birikmalarni qo’shish ham muhim rol o’ynaydi.

Ba’zi o’simlik changi (chang allergenlari) tarkibiga kiruvchi moddalar ham o’z ahamiyatini yo’qotgani  yo’q.  Ma’lumki,  bir  qancha  o’tlar,  butalar,  daraxtlar,  g’o’za  gullari  allergik kasalliklarning mavsumiy ko’payib ketishiga sabab bo’ladi.

Hozir  qishloq  xo’jaligida  turli-tuman  ximikatlarni  keng  qo’llash  tufayli  ham  yangi moddalar— allergenlar paydo bo’la boshladi.

Odam organizmida, xususan, uning ichagida yashovchi parazit gijjalarning hayot faoliyati mahsulotlari ham kuchli allergen hisoblanadi. Nihoyat, qator kasalliklar(tovon mikozlari, revmatizm, moxov va boshqalar) allergiyaning paydo bo’lishida katta rol o’ynaydi. Tabiiyki, har qanday boshqa kasalliklar kabi allergiyani ham davolashdan ko’ra oldini olish  osonroq.  Buning  uchun  keng  xalq  ommasi  allergik  kasalliklarning  kelib  chiqish sabablarini  va  uning  oldini  olish  choralarinigina  bilibgina  qolmay,  balki  allergik reaksiyaning zo’rayishiga qarshi organizm himoya kuchini ham mustahkamlash borasida konkret tushunchalarga ega bo’lishlari lozim. Allergiyaning keng tarqalganligi ayrim vaqtlarda uning ko’pgina kasalliklarning kelib chiqishida asosiy vosita deb fikr yuritishga olib keladi. Biz kitobxonlarga o’zlarida bo’lmagan allergik belgilarni qidirmaslikni maslahat bergan bo’lur edik.  Allergen  saqlaydi  deb,  ovqatlanishni,  dorilar  iste’mol  qilishni  cheklab  qo’yish, o’simliklardan o’zingizni olib qochishingiz shart emas. Biroq salomatlikni mustahkamlash, kasalliklarga qarshi kurashish uchun oddiy gigiyena qoidalariga amal qilishingiz lozim. Allergiya  tushunchasini  medisinaga1906 yilda  avstriyalik  olim  Klimens  fon  Pirke kiritgan. «Allergiya» termini biron-bir yot moddaga nisbatan organizm sezgirligining keskin oshib  yoki  susayib  ketishini  bildiradi.  Bundan  allergik  reaksiyani  rivojlantirish qobiliyatiga ega bo’lgan modda— «allergen» tushunchasi kirib keldi.

Allergiya turlicha namoyon bo’lishi mumkin. Masalan, bir bola bo’g’ma kasalligi bilan og’rib qoladi, uni davolash uchun kasalxonaga joylashtiriladi va davolash maqsadida bo’g’ma toksin (zahar)larini zararsizlantirish uchun unga zardob yuboriladi. Natijada uning ahvoli ancha yengillashadi va kasalxonadan chiqarishga tayyorgarlik ko’riladi. To’satdan uning harorati yana ko’tariladi, bo’g’imlari shishadi, limfa bezlari kattalashadi, terida toshmalar paydo bo’ladi va bu holat 7—8 kun davom etadi. So’ngra sog’ayish davri boshlanadi, lekin bir necha kundan keyin yana kasallikning oldingi belgilari yuzaga keladi. Bu belgilarning bo’g’ma kasalligiga hyech qanday aloqasi yo’q bo’lib, u difteriyaga qarshi ot qonidan tayyorlangan zardobni yuborish natijasida sodir bulgan edi.

Bu zardob odam uchun yot hisoblanadi. Ayni shu holat ushbu bolada yuzaga kelgan asoratga sabab bo’lgap, ya’ni organizmga zardob yuborilishi og’riqli reaksiyani paydo qilgan va bu esa allergik hodisa hisoblanadi.

Yana bir misol keltiramiz. Bahor va yozning iliq kunlarida dalada gullar ochilgan, o’t-o’lanlar ko’kargan, dov-daraxtlar barg chiqargan va butalar xushbo’y hid taratayotgan beg’ubor havoda yoshlar daryo bo’yida dam olishga qaror qiladilar. To’satdan ulardan birida o’tkir tumov boshlanib, ko’zi qizarib yosh oqa boshlaydi, burun va ko’z shilliq qavati qattiq yallig’lanadi, harorati  ko’tariladi,  nafas  qisishi  bilan  birga  kuchli  yo’tal  azob  beradi.  Nima  uchun  u birdaniga  va  tez  bunday  dardga  chalindi? Buning  sababi  shundaky,  gullayotgan  o’tlar,  dov-daraxtlar  bu  faslda  o’zlaridan  juda  ko’p  miqdorda  chang(gulchangi)  ajratadi.  Gulchangi o’simlik  oqsili  hisoblanadi  va  bo’g’maga  qarshi  ot  qonidan  tayyorlangan  zardob  kabi  odam organizmi uchun yot hisoblanadi. Natijada xuddi zardob kasalligidagi kabi gulchangi odamning shilliq qavatiga tushganda uning sezgirligini oshiradi, ya’ni allergiya paydo qiladi.

Demak,  organizm  reaksiyasini  oshirish  qobiliyatiga  ega  bo’lgan  moddalar  allergenlar deyiladi. Ular organizmga turli yo’llar bilan— og’iz, nafas yo’llari, teri orqali, ba’zida har  xil  dorilarni  ukol  qilgan  vaqtda  tushadi.  Ular  odam  organizmida  maxsus  modda— antitelolar hosil qiladi. «Antitelo» so’zining o’zidan ko’rinib turibdiki, bu mahsulotlar ularni  hosil  qiladigan  moddalarga  qarshi  qaratilgandir.  Antitelo  fizik-ximiyaviy xossasiga ko’ra qon oqsili bo’lgan gamma-globulisga o’xshaydi. Allergen (antigen) ta’sirida antitelo  qonda,  limfada  va  organizmning  boshqa  to’qimalarida  hosil  bo’lishi  mumkin.

Antitelolar qon oqimi bilan butun organizmga tarqaladi va qon hujayralarida joylashib oladi. Agar allergen-oqsil yoki boshqa yot modda organizmga qayta tushsa, antiteloning allergen bilan birikishi sodir bo’ladi. Bu yerda qat’iy qonuniyat kuzatiladi. Organizmdagi mavjud antitelolar  faqat  ularni  yuzaga  keltirgan  allergenlar  bilangina  birikadi.  Tashqaridan tushgan boshqa bironta allergen mazkur antigen bilan birikishi natijasida reaksiya sodir bo’ladi  va  u  qon  xujayralariga  halokatli  ta’sir  ko’rsatadi— ular  yemiriladi.  Bunda hujayralardan maxsus moddalar(gistamin, serotonin, asetilxolin va boshqalar) ajraladi, bular esa zaharlilik xususiyatiga ega bo’lib, kasallik paydo bo’lishiga olib kelishi mumkin.

Allergik  kasalliklar  har  xil  namoyon  bo’ladi.  Ko’pincha  nafas  organlari  kasallikka chalinadi— allergik traxeit, allergik tumov, bronxial astma va hokazolar kelib chiqadi.

Yurak, tomirlar (vaskulit, miokardit), me’da-ichak yo’li(kolitlar, gastritlar va hokazo) da allergik zararlanishlar kuzatilishi mumkin.

Barcha  allergenlar  shartli  ravishda  ikki  asosiy  gruppaga  bo’linadi:  organizmga  atrof muhitdan  tushgan  allergenlar(ekzoallergenlar)  va  odam  organizmi  to’qimalarining shikastlanishi oqibatida hosil bo’lgan allergenlar(endoallergenlar) yoki autoallergenlar.

Endoallsrgenlar  yoki  autoallergenlar  terining  katta  qismi  kuyib  qolganda  ham  paydo bo’ladi, chunki bunda teri va teri osti to’qimalari shu qadar o’zgaradiki, oqibatda u organizm uchun yot to’qimaga aylanib qoladi, natijada allergik reaksiya vujudga keladi.

Ekzoallergenlarning o’zi bir necha gruppalarga bo’linadi: uy-ro’zg’or, gulchangi, ovqat, dori preparatlari, mikrob allergenlari, yuvuvchi va kosmetik vositalar tarkibidagi allergenlar.

Uy-ro’zg’or allergenlari. Uy changi asosiy allergenlardan biri hisoblanadi. Uy changi mikroskop  ostida  qaralganda  ko’p  hollarda  kiyimlarning  mayda  zarrachalaridan,  uy hayvonlarining  tuki,  yog’och  qipiqlari  va  boshqalardan  iborat  bo’ladi.  Shu  mayda zarrachalarning har biri yoki ularning bari birgalikda allergiya paydo qilish xususiyatiga ega.

Uy  hayvonlaridan  itlar,  mushuklar,  kemiruvchilar,  baliqlar,  qushlar  allergenlar  bo’lishi mumkin.  Chunki  bu  hayvonlarning  tuklari,  tangachalari,  qasmoqlari  odam  uchun  yot  moda hisoblanadi.  Boshqa  allergenlar  qatoriga  pat,  momiq,  turli  zamburug’lar (mog’or, po’panaklar)ni  kiritish  mumkin.  Bular  shamol  bilan  tarqalib,  kishi  organizmiga  nafas yo’llari orqali tushishi mumkin.

Gulchangi  allergenlari.  Tabiatda,  bizni  o’rab  turgan  atrof-muhitda  o’simliklarning gulchangi allergenlari juda ko’p tarqalgan. Shamol va har xil hasharotlar gulchangini yuzlab kilometrga tarqatadi, bu ularning tez tarqalishiga imkon beradi va ommaviy xarakter kasb etib, ko’z shilliq qavati, burun, traxeya va o’pka allergiyasining kelib chiqishiga sabab bo’ladi.

Gulchangi terini ham zararlaydi: teri qizaradi, tugunchalar, pufakchalar va qichishish paydo bo’ladi.

Ovqat  allergenlari.  Ovqat  allergenlariga  ko’pincha  tuxum,  sut,  pishloq,  shokolad, yeryong’oq, qisqichbaqa, baliq, ikra va boshqa mahsulotlar kiradi. Shunday ham bo’ladiki, odam oziq-ovqat mahsulotlarining ikkitasi, uchtasiga, hatto birdaniga bir qanchasiga sezgir bo’lib qoladi. Biroq har xil oqsil saqlovchi mahsulotlar(go’sht), sabzavot va mevalar iste’mol qilish bilan ham noxush allergik holatlardan qochish mumkin.

Dori allergiyasi. Bu allergiyaning rivojlanishida quyidagi omillar muhim ahamiyatga ega: dori moddalariga va yuborilgan dori miqdoriga organizmning tug’ma moyilligi. Ko’pincha allergik  reaksiyalar  dori  moddalarini  katta  dozalarda  uzoq  muddat  qabul  qilib  kelgan kishilarda  yuzaga  keladi,  Lekin  ayrim  hollarda  bu  reaksiya  bironta  dorini  bir  marta foydalangandan  keyinoq  sodir  bo’ladi,  masalan,  penisillin,  sulfidin  mazlari  nihoyatda og’ir ahvolga tushirishiga, nafasning bo’g’ilishiga va hatto shok holatiga olib borishi mumkin.

Har  xil  dori  moddalari  bilan  ishlaydigan,  kontaktda  bo’lgan  medisina  xodimlari, farmasevtlar o’rtasida ham allergiya hodisalari sodir bo’lib turishi yaxshi ma’lum.

«Dori  allergiyasi» iborasi  dori  moddalarini  qo’llash  oqibatida  organizm  tomonidan yuzaga kelgan har xil ko’rinishdagi allergik reaksiyalarni birlashtiradi. Har qanday dori reaksiyani vujudga keltirishi mumkin, lekin u ko’pincha antibiotiklar, sulfanilamidlar (norsulfazol, ftalazol, sulfadimezin va hokazo), aspirin amidopirin, butadion, aminozin, mish’yak, yod preparatlari, zardoblar va ayniqsa, qoqsholga qarshi zardoblar, gammaglobulin ta’siri bilan bog’liq.

Ko’pincha allergik reaksiya penisillin ishlatilgandan keyin paydo bo’ladi. Buning sababi shundaki, penisillinni hatto bir necha soat saqlaganda penisillin kislotasi ko’rinishidagi parchalanish mahsulotlari hosil bo’ladi. Ular shpris va flakonlar devoriga qattiq o’tirib qoladi,  qiyin  yuviladi,  qaynatilganda  parchalanmaydi.  Shuning  uchun  ham  penisillin inyeksiyasi  uchun  ishlatilgan  shprislardan  bemorlarga  boshqa  dorilarni  yuborish  uchun foydalanilganda  ko’p  hollarda  allergik  reaksiyalarning  ro’y  berishi  kuzatilgan.  Dori allergiyasi eshakem, dermatit(terining yallig’lanishi), rinit, kon’yunktivit, bronxial astma, shok,  migren  ko’rinishlarida  yuzaga  keladi.  Allergik  dermatitlar  uzoq  vaqt  ximiyaviy moddalar  va  dori-darmonlar  bilan  muloqatda  bo’lganda,  masalan,  aminazin,  antibiotiklar bilan muntazam ishlaydigan medisina hamshiralari o’rtasida ko’p uchraydi.

Organizmning  antibiotiklarga  o’ta  sezgirligiga  antibiotiklarning  yaxshi tozalanmaganligi sabab bo’ladi. Bunda teriga toshmalar toshadi, qizaradi va qattiq qichiydi, ba’zida  ekzemaga  o’xshab  suvchirab  turadi.  Antibiotiklar  yoki  boshqa  dorilarni  ichish to’xtatilgandai  so’ng  bemor  sog’aya  boshlaydi.  Ko’pincha  bunday  teri  kasalliklari  surunkali qaytalanib turuvchi turga aylanib ketadi.

Dori-darmonlarga o’ta sezgirlik vazomotor rinit(burun shilliq qavatining yallig’lanishi), burun qichishi, burundan nafas olishning qiyinlashishi, burundan mo’l-ko’l tiniq suyuqlik ajralishi, aksirish kabilar bilan namoyon bo’lishi mumkin. Ba’zida bu belgilar biron-bir dori-darmonni  hidlaganda  zo’rayib  ketadi.  Dorilarni  uzoq  vaqt  mobaynida  hidlash  nafas yo’llari sensibilizasiyasini(o’ta sezgirlikni) paydo qiladi va buning oqibatida bronxial astma belgilari paydo bo’ladi.

Dorivor  moddalar  gulchangi,  uy-ro’zg’or  allergiyalari  hamda  kasbga  oid  va  boshqa allergiyalar tomirlarning og’ir zararlanishi(tromboflebit, vaskulit) bilan kechishi mumkin.

Dori  allergiyasi  natijasida  jigarning  zararlanishi,  gepatit  va  jigarning  boshqa faoliyatlarining  buzilishi  belgilari,  buyrakning  zararlanishi  esa  nefrit  tipi  bo’yicha kechishi bilan xarakterlanadi. Biroq dori allergiyasining eng xavfli asoratlaridan biri shok hisoblanadi.

Agar  shok  antibiotiklar  ta’sirida  ro’yobg’a  chiqadigan  bo’lsa,  dori  moddasi  org’anizmga yuborilgach, 10—15  minutdan  keyin  paydo  bo’ladi.  Shokning  dastlabki  belgilari:  odam bezovtalanadi, isib ketadi, yuziga qon tepadi yoki hushidan ketadi, yuz terisi qizaradi, nafas olishi qiyiilashadi, nafas qisadi, ko’karib ketadi(sianoz). Keyinroq qon bosimi keskin tushib ketadi, tomir sezilar-sezilmas uradi. Og’ir hollarda bronxlar spazmi(tortishishi), o’pkaning o’tkir emfizemasi rivojlanada va ko’pincha bemor o’lib qoladi.

Demak, dori kasalligi o’zining kechishiga ko’ra turli-tuman ekan. Uning asosiy belgilari — haroratning ko’tarilishi, teriga toshmalar toshishi va shilliq qavatlarning zararlaiishi, qon,  bo’g’imlar,  limfa  bezlari,  jigar,  taloq  va  boshqa  ichak  organlarining  o’zgarishi hisoblanadi.  Dori  kasalligining  eng  ko’p  uchraydigan  belgilaridan  biri  isitmalash hisoblanadi.

Hozirgi  vaqtda  haroratning  ko’tarilishi  faqat  infeksion  prosess  tufayli  yuzaga kelibgina qolmay, balki har qanday allergik holat tufayli bo’lishi mumkinligiga hyech kim shubha  qilmaydi.  Harorat  har  xil  darajada  ko’tarilishi  mumkin.  Faqat  allergik  holatga bog’liq  isitmani  belgilab  olish  qiyin.  Dori  moddalarni  qabul  qilishni  to’xtatmaganda harorat  birdaniga  titrab-qaqshash  bilan  ko’tarilishi  yoki  asta-sekin  avj  olishi  mumkin.

Yuqori haroratga ba’zida uzoq yoki qisqa davom etadigan subfebril temperatura qo’shilishi mumkin.

Isitmalash davri turlicha davom etadi. Harorat qisqa muddat (bir necha soat) ko’tarilishi

mumkin. Bunday isitma odatda dorini bexosdan bir yoki ikki marta qabul qilganda ro’y beradi va davolashni to’xtatish bilanoq normaga tushadi. Boshqa hollarda, ayniqsa dori ichish davom ettirilganda isitmalash uzoqqa cho’zilishi mumkin va davolash to’xtatilishi bilan yoki shundan keyin tezda yo’qoladi. Kamdan-kam hollarda, ayniqsa ichki a’zolarda o’zgarishlar yuz berganda dori ichish to’xtatilgandan so’ng ham tana harorati ma’lum muddatgacha saqlanishi va odatda ichki organlar holati yaxshilangandagina pasayishi mumkin.

Isitmani noto’g’ri baholash bemorlarni davolashda xatolyklarga yo’l qo’yishga olib kelishi mumkin. Masalan, harorat va boshqa allergik reaksiyalarni keltirib chiqaruvchi dorilarni to’xtatish o’rniga, aksincha oshirish yoki shunga o’xshash boshqa antibiotiklar bilan almashtirish noxush oqibatlarga, ba’zida o’limga olib kelishi mumkin.

Bemor bola 27 yoshda, angina bilan og’riganda penisillin bilan bir kurs davo olgan. Bir nechta ukoldan so’ng butun badan terisi qizargan, toshma toshgan, qichishish paydo bo’lgan, harorati ko’tarilgan. Allergik reaksiya diagnozi ko’tarilgandan so’ng penisillin olishni to’xtatgan, ammo  bu  haqda  medisina  hujatlarida  qayd  qilinmagan.  Birmuncha  vaqt  o’tgach  bemorda furunkulez(chipqon  chiqishi) rivojlanishi  sababli  unga  qayta  pensillin  bilan  davolash kursi tayinlapadi, bu gal og’ir holatdagi shok zo’rayadi va bemor o’lib qoladi.

Ba’zi hollarda isitmaning ko’tarilishi allergiyaning yagona belgisi bo’lishi mumkin, lekin odatda u allergiyaning boshqa og’ir alomatlari bilan birga kechadi. Birinchi galda teriga har xil toshmalar toshadi, bu esa unga to’g’ri diagnoz qo’yishni osonlashtiradi. Shilliq qavatlar va teridagi toshmalar shakli va oz-ko’pligi turlicha bo’lishi mumkin. Toshmalar butun a’zoyi-badanga yoki ayrim joylarga toshadi. Ba’zan ular skarlatina, qizamiq, qizilchada bo’ladigan toshmalarni eslatadi, ammo ularning eng ko’p uchraydigan turi eshakemi hisoblanadi. Odatda terining butun sathi bo’ylab ustki qatlamining(epidermis) ko’chishi, pirovardida terining chuqur nekrotik zararlanishi dori kasalligining og’ir turiga kiradi (Leyl sindromi). Ba’zida terining har xil uchastkalarida bir vaqtning o’zida har xil ko’rinishdagi toshmalar paydo bo’ladi. Ko’pchilik bemorlarda toshmalar qattiq qichiydi, buni ba’zida qo’tir bo’lsa kerak, deb xato qilishadi. Toshmalar shilliq qavatlarning yallig’lanishi bilan birga kechishi mumkin.

Shilliq qavatlarning yallig’lanishi ko’pincha eroziya-yarali stomatit ko’rinishida bo’lib, og’iz shilliq  qavatining  yoki  a’zoyi  badaning  boshqa  joylarida(qovoq,  qin,  ichaklar  shilliq qavatlarida) uchrashi  mumkin.  Zararlanish  darajasi,  shakli  va  chuqurligiga  ko’ra  har  xil bo’ladi:  bunga  lunjning  chuqur  nekrozi,  qin  devorlarining  ajralma  hosil  bo’lishi  bilan kechadigan nekrozlari kiradi.

Gemorragik(qon  aralash  toshmalarning  paydo  bo’lishi,  birinchidan,  qon  tomir devorlarining  o’zgarishi,  ya’ni  yirik  va  kichik  tomirlarning  yallig’lanishi  bilan,  va ikkinchidan, qonning o’zining chuqur o’zgarishlari(trombositlarning kamayishi) bilan kechadi.

Bunda ko’p qon ketishi va qon tupurish kuzatiladi. Qon zararlanganda ko’pincha kamqonlik rivojlanadi. Bunday holatlarni ajrata bilish maxsus laboratoriya tekshirish metodlarini talab etadi va odatda, kasalxona sharoitlarida o’tkaziladi.

Bo’g’imlarning  zararlanishi  ko’pincha  og’riq  paydo  bo’lishi  bilan  chegaralanadi.  Odatda yirik(tizza, chanoq-son va boshqa) bo’g’imlar og’riydi va og’riq tez o’tib ketadi. Modomiki, allergik  reaksiya  kichik  tomirlarni  zararlar  ekan,  o’zgarish  istalgan  organda  kuzatilishi mumkin. Ayrim bemorlarda ichki organlarning o’zgarishi ro’y-rost namoyon bo’lsa, boshqalarda u faqat sinchiklab tekshirish natijasidagina aniqlanadi.

Yurak-tomir sistemasi o’zgarishlari yurakning og’ir kasalliklari(miokardit) yoki infarkt tipidagi o’choqli zararlanishlar bilan namoyon bo’ladi.

Yurak kasalligi uchun yurak urishining tezlashuvi, ritmining turlicha buzilishi, oyoqda shish paydo bo’lishi bilan keskin zo’rayadigan yurak yetishmovchiligi, jigarning kattalashuvi, o’pka  shishi  xarakterlidir.  Dori  kasalligida  yurak-tomir  sistemasi  kasalligining  asosiy qismini ritmning buzilishi va qon bosimining pasayishi bilan bog’liq bo’lgan funksional o’zgarishlar tashkil etadi. Xususan, shok holatida qon bosimining birdaniga, hatto nulgacha tushib ketishi natijasida tomir tonuslarining og’ir buzilishi xosdir.

Dori allergiyasida yurak va tomirlarning funksional hamda organik zararlanishlari og’ir o’tishi va o’limga sabab bo’lishi mumkin.

Bemorlarning nafas organlari zararlanganda nafas qisishi zo’rayadi, ba’zida temperatura nihoyatda ko’tariladi. Nafas qisishi normal tana haroratida ham zo’rayishi mumkin, ba’zida nafas, ayniqsa shok holatida bir maromda bo’lmaydi. O’pkaning zararlanishi faqat ularga xos xususiyat bo’lmasdan, astma, bronxitlar, o’pkaning nospesifik yallig’lanishlarida ham paydo bo’lishi mumkin.

Buyrakdagi o’zgarishlar nefroz-nefritlarga xos bo’-ladi; siydikda oqsil, qon, yuzda shish va boshqalar paydo bo’ladi. Jigardagi o’zgarishlarga nekroz o’choqlari va gepatit xarakterlidir.

Ular o’ng ko’krak qafasi ostida og’riqlar, ba’zida sariq jigarning kattalashishi bilan namoyon bo’ladi.

Kosmetik va yuvish vositalarida saqlanadigan allergenlar

Tirnoqni bo’yash uchun ishlatiladigan buyoq va laklar, labga surtiladigan pomada va pushti-qizil yog’upa, soch laklari va buyoqlari, kremlar va tualet suvi, sepma dori, losonlar va boshqa kosmetik vositalar allergenlarni ko’p saqlaydi. Yuvish vositalari va kir yuvish poroshoklari ham allergiyani paydo qilishi mumkin. Ko’pincha, allergik kasalliklarning yuzaga kelishida u yoki bu kosmetik vositalarning tarkibiy qismida«aybdor» ekanligini aniqlash juda qiyin bo’lib qoladi.

Olimlarning kuzatishlaridan ma’lum bo’ladiki, kosmetik vositalar, buyoqlar, laklar ko’p hollarda bronxial astma, dermatitlar(terining yallig’lanishi), ekzema kabi og’ir allergik kasalliklarning kelib chiqishida yagona va asosiy sabab bo’lib xizmat qilmoqda.

Bakterial  allergenlar.  Bakteriyalar  ovqat  bilan  yoki  nafas  olganda  organizmga  yoxud teriga  tushib,  ko’pincha  har  xil  yallig’lanish  prosesslarini(angina,  furunkulyoz), abssess (yiringli yara) larni paydo qiladi.

Kasallik  paydo  qiluvchi  bunday  bakteriyalar  organizmda  o’ta  sezgirlik  hosil  qiluvchi alohida  moddalar  ajratib  chiqaradi.  Shunday  qilib,  tomoq  byozi  yoki  quloqning  yiringli xronik yallig’lanishi bo’lgan odamda bronxial astma, eshakem, ekzema rivojlanishi mumkin.

Odam infeksiyaning surunkali o’chog’idan qanchalik tez holi bo’lsa, allergiyaga u shuncha kam chalinadi.

Organizmning  o’z  allergenlari.  Bu  allergenlar  odam  organizmi  hujayralari  ichiga viruslar  o’tib  olganda  paydo  bo’ladi  va  hujayralar  faoliyatini  shunday  o’zgartiradiki, natijada  ular  organizm  uchun«begona»  bo’lib  qoladi.  Hujayralarda  begona  oqsil moddalarning bo’lishi odam organizmi uchun zararli bo’lgan o’ta sezgirlikka, ya’ni allergiyaga olib keladi.

Irsiyatning allergiya kelib chiqishida ahamiyati yo’q, chunki allergik kasalliklar nasldan-naslga o’tmaydi. Ammo, allergiyaning nasl surishga moyil bo’lishini ham nazarda tutish lozim.

Faraz qilaylik, buva, ota yoki ona allergiya bilan og’rigan. Ularning farzandlari ham shunday kasallik bilan tug’iladimi? Yo’q, albatta. Bu ovqatlanish rejimiga, hayot sharoitiga, atrof muhitga, namlikka, dengiz sathi balandligiga, o’simlik dunyosiga va boshqa ko’p sharoitlarga bog’liq  bo’ladi.  Lekin  shunga  qaramasdan  bu  odamda  kasallikka  chalinish  ehtimoli  yuqori.

Shuning uchun bunday odam gigiyenik va davolash-profilaktika tadbirlarini boshqa odamlarga qaraganda o’z vaqtida, batartib va qunt bilan bajarib borishi lozim. Organizmning allergenga nisbatan ancha sezgirlik xususiyati nasldan-naslga o’tadi. Bu allergen ota-onada allergiya paydo qilgan  allergendan  butunlay  farq  qiluvchi  har  qanday  boshqa  modda  bo’lishi  mumkin.

Binobarin, kasallik ham boshqacha o’tadi. Masalan, bitta oilada buvada sigir sutiga allergiya, otada atirgul gullaganda tumov, onada— bronxial astma, ularning qizida— yungdan to’qilgan  kamzul  kiyganida  allergik  toshma  toshgan,  o’g’il  esa  sog’lom  bo’lgan.  Ko’rinib  turibdiki, kasallik  naslga  bog’liq  bo’lmay,  balki  organizmning  allergenlarga  bo’lgan  sezgirlik oqibatidir.

Pichan  allergiyasi(pollinozlar).  Ayrim  gullarning  gulchangiga  o’ta  sezgir  odamlar bo’ladi.  Kasallik  kon’yunktivit,  rinit  va  unga  qo’shilib  keladigan  astma  tipidagi  nafas qisishi belgilari bilan xarakterlanadi. Ko’pincha kon’yunktivit va rinit bir vaqtning o’zida yoki  oldinma-keyin  yuzaga  keladi.  Bemor  ko’ziga  biron«yot» narsa  tushgandek  sezadi,  qovoq sohasi kuyayotgandek his qiladi, yorug’likka qarashga qo’rqadi, aksiradi va ko’zidan ko’p yosh oqa boshlaydi. Oradan3—5 kun o’tgach kon’yunktivit keskin zo’raya boradi, qovoqlar shishadi, ko’zda qattiq  sanchiq  turadi  va  bosimli  og’riq  paydo  bo’ladi.  Burundan  mo’l-ko’l  shilimshiq— suvsimon suyuqlik ajraladi, ayniqsa ko’chaga chiqqanda yoki derazani ochganda burinda sanchiqli og’riq turadi va kuchli aksirish bezovta qiladi.

Kasallik o’tlar va ba’zi bir daraxtlarning gullash mavsumida zo’rayadi. Kasallik sekin-asta  yoyilib,  burun-halqum  shilliq  qavatini,  traxeya  va  bronxlarni  qamrab  oladi.  Tovush bo’g’ilib qoladi, tomoqda noxush sezgi paydo bo’ladi va nihoyatda astma xurujlari bilan yo’tal tutadi.  Pichan  allergiyasiga  chalingan  bunday  bemorlarda  holsizlik,  befarqlik,  umumiy darmoisizlik, uyqusizlik, badan qizib ketishi va qo’l-oyoqlar sovushi belgilari yuzaga keladi.

Harorat  ko’pincha  normal,  ba’zida39° S.  gacha  va  undan  yuqori  ko’tariladi.  Profilaktik maqsadda bu dardga chalingan odamlarga turar joyini mavsum tugaguncha vaqtinchalik bo’lsa ham almashtirish tavsiya etiladi. Shu bilan birga bemorlarga kalsiy preparatlari, gistaminga qarshi preparatlar(dimedrol, suprastin, tavegil, diazolin va hokazo), askorbat kislotasi bilan birga giposensibillovchi davo buyuriladi.

Bronxial  astma.  Bronxial  astmaning  tipik  va  xarakterli  belgisi— nafas  bo’g’ilish xurujlaridir. Ayrim kasallarda nafas bo’g’ilishdan oldin tomoq qirilishi, burun qichishishi, aksirish, yo’tal, ayniqsa nafas olish og’irlashadi. So’ngra nafas qisa boshlaydi, ayniqsa nafas chiqarish  qiyinlashadi.  Quruq  yo’tal  xuruji  tutadi  yoki  u  biroz  balg’amli  bo’lib,  o’pkada yallig’lanish belgilari eshitiladi. Bronxial astma surunkali kasallik bo’lib, vaqti-vaqtida bemorning  ahvoli  og’irlashadi,  ayrim  hollardagina  bemor  o’zini  biroz  yengil  his  qiladi.

Xuruj paytida o’pkada ko’plab quruq xirillash eshitiladi. Xurujlarning  og’irligiga  ko’ra  kasallikning  yengil,  o’rtacha  va  og’ir  kechadigan  turlari tafovut etiladi. Bronxial astmaning birinchi bosqichida bo’g’ilish xurujlari yengilroq o’tadi, kasallik aniq namoyon bo’ladi, ammo ro’yi rost bronxit alomatlari ko’pincha astmali bronxitni paydo qiladi. Kasallikning ikkinchi bosqichida doimiy nafas qisadi, natijada og’ir bo’g’ilish xurujlari paydo bo’ladi. O’rtacha og’irlikdagi xurujlarda ham bir qadar nafas bo’g’ilishi va teri  qoplamalarining  oqarishi  kuzatiladi.  Nafas  shovqinli,  xirillash  aniq  eshitiladi.

Bronxial  astmaning  ancha  og’ir  bosqichida  tasvirlab  o’tilgan  alomatlar  yanada  keskinroq ifodalanadi. Bemor biror narsaga suyanib o’tirishga majbur bo’ladi, chunki shunday holat uning nafas  olishini  birmuncha  yengillashtiradi.  Teri  nam,  oqargan  bo’ladi.  Nafas  oldiniga tezlashadi,  keyin  kamayadi,  hushtaksimon  xirillash  uzoqroqdan  ham  eshitilib  turadi.

Bemorning umumiy ahvoli og’irlashadi, majburiy holatni oladi, harakatlari cheklanadi, yurak ritmi bu-ziladi, oyoqlarida shish paydo bo’ladi.

Astmaga  chalingan  aksariyat  kasallarda  xuruj  yilning  ma’lum  vaqtlarida  tutadi.  Bu ko’pincha  o’simlik  va  daraxtlarning  gullash  davriga  to’g’ri  keladi.  Masalan,  bahor  faslida astma  gullagan  o’simlik  va  daraxtlarning  gulchangi  allergenlari,  yozda  har  xil  boshoqli o’tlarning allergenlari, kuzda— begona o’tlar tufayli sodir bo’ladi. Agar bu paytga kelib zax, nam ob-havo sharoitida yashasa, turli xil mog’or zamburug’larning allergenlari ta’siri ham qo’shiladi, deb xulosa chiqarish mumkin.

Bronxial astmaning o’tkir xurujini odatda adrenalin, efedrin, eufillin preparatlarini ukol  qilish  bilan  to’xtatiladi.  Bemorning  ahvoliga  qarab  dori-darmonlarni  organizmga turli  yo’llar  bilan  yuborish(ichirish,  teri  ostiga,  venaga  yuborish,  nafas  yo’li  orqali) mumkin.  Astmaning  o’rtacha  va  og’ir  turlarida  bemorlarni  kasalxonaning  reanimasiya  yoki davolash bo’limlariga joylashtiriladi.

Kasallik og’ir kechayotganda va barcha chora-tadbirlar samara bermaganda astma xurujini to’xtatish  uchun  kortikosteroidlarni(prednizolon  tipidagi  gormonal  preparatlar, triamsinalon  va  boshqalarni  faqat  kichik  dozalarda  sutkasiga20—25 mg) qo’llash  tavsiya etiladi.

Keyingi  vaqtlarda  fizioterapevtik  davolash  metodlari— ultratovush,  UVCh, elektroforez va boshqalar keng qo’llanilmoqda. Bronxial astma bilan og’rigan bemorlarni kurortlarda davolash kompleks davo usullaridan biri hisoblanib, asosan tog’li kurortlarda (Kislovodsk, Nalchik va boshqa) hamda dengiz (Alushta, Yalta kabi) kurortlarda o’tkaziladi.

Qator  mamlakatlarda bronxial  astmaning  dastlabki  bosqichlarini (ayniqsa,  bolalarda)  davolash  uchun  ishlatilgan  tuzli  shaxtalardan  foydalanilmoqda.

Ularning  yaqiniga  iqlim  bilan  davolovchi  sanatoriylar  bunyod  etilgan  va  ularda  davolash ishlari katta muvaffaqiyat bilan olib borilmoqda.

Bemorlarni kurort sharoitida davolashni boshqa sog’lomlashtiruvchi tadbirlar kompleksi bilan birga o’tkazish maqsadga muvofiqdir.

Bronxial astmani davolashda davo gimnastikasiga katta ahamiyat berilmoqda va u hamma yoshdagi  bemorlar  uchun  davolash  kompleksining  zaruriy  qismi  bo’lib  hisoblanadi.  Davo gimnastikasi  buzilgan  nafas  funksiyasini  tiklashga  yordam  beradi,  balg’am  ko’chishini osonlashtiradi,  o’pka  emfizemasining  rivojlanishini  yoki  ko’krak  qafasi  va  umurtqa pog’onasining  noto’g’ri  o’sishining  oldini  oladi,  organizmning  qarshilik  ko’rsatish qobiliyatini oshiradi, nerv sistemasini mustahkamlaydi. Davo fizkulturasi formalarining davo gimnastikasi, dozalangan yurish, gigiyenik gimnastika shakllaridan foydalaniladi.

Davo  gimnastikasi  metodikasining  o’ziga  xos  xususiyati  maxsus  nafas  mashqlarini bajarishdan iboratdir. Gimnastikadan tashqari ko’krak qafasini massaj qilish, suzish, uyqu oldidan  sayr  qilish  ham  foydalidir.  Quyosh  vannalarini  qabul  qilish  tavsiya  etilmaydi.

Xurujlar tutmayotgan paytda va kasal o’zini yaxshi his qilayotganda suzish, konkida uchish, chang’ida yurish, eshkak eshish, turizm, yaqinroq masofalarga sayohat qilish sog’ayib ketishga ancha yordam beradi.

Profilaktik tadbirlar turmush va mehnat sharoitlarni yaxshilashga, chekishni butunlay tashlashga, xona havosini doimo toza saqlashga qaratilishi kerak. Mehnat va dam olishni to’g’ri tashkil etish, organizmni chiniqtiruvchi vositalardan oqilona foydalanish lozim.

Allergiyaga moyil odamlar ximik, farmasevt bo’lib ishlamasliklari, ular farmasevtika zavodlarida,  nonvoyxonalarda,  tabiiy  ipak,  paxta  tozalash,  jun  to’qish  va  boshqa  zavod  va korxonalarda ishlashlari tavsiya etilmaydi.

Keyingi paytlarda bolalarda ham bronxial astma tez-tez uchraydigan bo’lib qoldi. Odatda bolalar astma bilan2—4 yoshlarida og’riydilar. Bolalarda astmaning dastlabki belgilari ko’pincha astma oldi ko’rinishida yuzaga chiqadi va allergik ko’rinishlari(diatez, eshakem va hokazo)  nafas  olish  yo’llarining  qayta  kasallanishi  bilan  xarakterlanadi.  Bolalarda bronxial astma xurujlari formasidan qat’i nazar, odatda bir necha soat yoky kun mobaynida asta-sekin rivojlanadi, shunga qarab xuruj alomatlari davrini ajratish mumkin. Ya’ni xulq-atvor o’zgaradi(qo’zg’olish, haddan tashqari harakatchanlik yoki aksincha, bo’shashish, uyquchanlik), allergik  xarakterdagi  tumov,  burun  qichishishi,  aksirish  paydo  bo’ladi  va  betinim  yo’tal tutadi,  salga  nafas  qisadi.  Keyinchalik  ahvol  og’irlasha  boradi  va  uning  oldi  olinmasa, bo’g’ilish xurujlari ko’rinishidagi astma rivojlanib ketadi. Xuruj vaqtida bola o’ziga qulay holatda  o’tirishga  harakat  qiladi,  ko’zi  va  yuzidan  qo’rquv  alomatlari  sezilib  turadi, qorachiqlari kattalashib ketadi. Terisi oqish-kulrang, og’iz atrofi ko’karib ketadi. Bo’g’ilish xurujlari tutib qolgan bolalarga ham xuddi kattalardagi kabi davo choralari ko’riladi.

Bolalarda  bronxial  astmani  profilaktika  qilish  har  xil  allergenlarga  organizm sezgirligini kamaytirish va nafas organlari kasalliklarining oldini olishdan iboratdir.

Yoshlikdan chiniqish va fizkultura bilan shug’ullanish, diatezni, bolalar ekzemasini erta aniqlash va davolash, tarkibida ovqat allergenlari saqlaydigan oziq-ovqat(shokolad, sitrus mevalari,  tuxum  va  boshqa)  larni  iste’mol  qilmaslik  kerak.  Profilaktik  emlashlarga moneliq bo’lgan hollarda emlamaslik va astmaning ilk bosqichida bolalarni to’g’ri davolash ushbu kasallikka qarshi kurashdagi asosiy davo profilaktika tadbirlari hisoblanadi.

Go’dak  yoshdagi(1 yoshgacha) bolalardagi  allergiya  bir  qator  xususiyatlari  bilan  ajralib turadi. Yangi tug’ilgan va go’dak bolalar organizmi ayniqsa hayotining birinchi yillarida hali kasalliklarga qarshi kurasha olmaydi. Biroq, ko’p hollarda bunday bolalarda diatez, ekzema tipidagi allergikkasalliklar sodir bo’ladi. Bunday hollarda homilaning ona qornida qanday sharoitda rivojlanganligi, onaning sog’lig’i, qanday kasalliklar bilan og’rigani, tug’ruqning kechishi, rnaning ovqatlanishi, uning organizmiga tashqi muhitning, jumladan, kasbga doir zararli  omillarning  ta’sir  etgan-etmaganligi  alohida  ahamiyatga  ega.  Ona  organizmi  va homilaning har xil tashqi muhit omillariga o’ta sezgirligi bir vaqtda paydo bo’lishi mumkin, chunki ona va homila organizmi o’zaro bir-biri bilan chambarchas bog’liq bo’ladi.

Allergenlar  homila  organizmiga  plasentar  to’siqni  yengib,  qon  orqali,  chaqaloq organizmiga esa teri, nafas yoki me’da-ichak yo’llari orqali o’tadi. Homila yoki bola organizmi sekin-asta ma’lum bir begona moddalarga(allergenlar) sezgirligi orta boradi va pirovardida unda allergiya sodir bo’ladi.

Go’dak yoshidagi bolalarda allergik kasalliklar va reaksiyalarning oldini olishdagi asosiy prinsip  homilador  ayol  va  emizakli  onaning  to’g’ri  ovqatlanishini  yo’lga  qo’yishdir.

Homiladorligida  haddan  tashqari  ko’p  ovqatlangan  ayollarning  bolalarida  allergik kasalliklar belgilari(ekssudativ diatez, bronxial astma, yuqumli-allergik xarakterga ega bo’lgan tomoq shishi va hokazo) bo’lishi ilgaridan ma’lum. Shuning uchun homilador ayol va emizikli onaning ovqatlanish qoidalariga to’g’ri amal qilishlari katta ahamiyatga ega.

Ayniqsa homilador ayollar va emizikli onalar tovuq tuxumi va haddan tashqari ko’p ovqat iste’mol qilmasliklari lozim. Qaynatilgan sigir sutini kuniga0,5 l dan ortiq ichish tavsiya etilmaydi, chunki sutni(10 minutdan oshiq) qaynatganda allergiya paydo qiladigan biologik aktiv moddalar parchalanadi.

Homilador ayollar(ham ona, ham homila) organizmi uchun nihoyatda zarur bo’lgan kalsiy, fosfat preparatlarini muntazam olib turishlari lozim. Organizm sezgirligini oshiradigan, tarkibida ko’p miqdorda oqsil va boshqa moddalar saqlaydigan pishloqni bir sutkada 30 g gacha chegaralash,  sitrus  mevalaridan  tayyorlangan  sharbatlarni(mandarin,  apelsin,  limon  va hokazo) ovqat  rasionidan  chiqarib  tashlash  zarur.  Parhyez  taomlar  turli-tuman,  yaxshi  hazm bo’ladigan, tarkibida yetarli miqdorda vitaminlar va zarur moddalar saqlagan bo’lishi kerak.

Go’dak bolalarning me’da-ichak faoliyatining normal ishlashi ularda allergiyani, ayniqsa ovqat allergiyasining oldini olishda katta ahamiyatga ega ekanligini unutmaslik zarur.

Dispepsiya,  ichak  faoliyatining  buzilishi,  qabziyat  kabilar  ovqat  allergiyasi  paydo bo’lishiga qulay sharoit yaratadi. Go’dak yoshidagi bolalarda ovqat allergiyasini profilaktika qilishdagi muhim yo’l ularni faqat ona suti bilan boqish hisoblanadi. Donor suti bunga kafillik berolmaydi, chunki bunday sut sifatini nazorat qilish qiyin. Ular boshqa bola uchun yuqori ta’sirchan bo’lgan allergen saqlashi mumkin.

Go’dak yoshidagi bolalarni sun’iy ovqatlantirish uchun sigir sutidan tayyorlangan ovqat aralashmalari  asosiy  mahsulot  hisoblanadi.  Bunday  aralashmalarning  allergik  ta’sirini kamaytirish  uchun  ularga  teng  yarim  miqdorda  suv  qo’shib  suyultiriladi  yoki  qatiq  bilan achitiladi. Bu davrdagi bolalarga qo’shimcha ovqat sifatida sabzavotlardan tayyorlangan pyure va turli bo’tqalarni kamroq miqdorda berish tavsiya etiladi. Ximiyaviy tarkibi bo’yicha sigir sutiga soya unidan tayyorlangan soya suti ancha yaqin.

Chaqaloqlarda o’ta sezgirlikni kamaytirish uchun qo’llaniladigan gamma-globulin va plazma kabi preparatlarni iloji boricha ishlatmaslik kerak. Chaqaloqlarda allergiya paydo bo’lishi ko’pincha ulardagi umumiy kasalliklarga bog’liq. Tez-tez shamollash kasalliklariga chalinib turish(yuqimli  kasalliklarni  aytmasa  ham  bo’ladi) bola  organizmi  sezgirligining  oshib ketishiga  olib  keladi,  ya’ni  organizmni  allergik  reaksiyalar,  allergik  kasalliklarga «tayyorlaydi». Bunday hollarda umumiy chiniqtiruvchi tadbirlar, massaj, toza havoda yetarlicha bo’lish, dam olish, bolani parvarish qilishda gigiyena qoidalariga amal qilishni hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.

Surunkali  yuqumli  kasalliklar(surunkali  tonzillit,  tish  kariyesi,  sinusitlar) ni  o’z vaqtida davolash ularni tezda sog’ayib ketishlarida muhim ahamiyatga ega.

Allergik  kasalliklarga  ayniqsa  moyilligi  bo’lgan  bolalarning(yangi  tug’ilgan  yoki emadigan!)  yashash  sharoitiga  alohida  ahamiyat  berish  kerak.  Kasal  bola  yashaydigan  uyda keraksiz uy-ro’zg’or buyumlari, ayniqsa jun va mo’ynali narsalar bo’lmasligi, xonalar yorug’ va havosi toza, nihoyatda ozoda saqlanishi kerak. Uy changi ancha xavfli, chunki uning tarkibida jun, mayda soch, qasmoq kabi organizmning sezgirligini oshiradigan moddalar bo’ladi. Ular bola yuqori nafas yo’llariga yoki nozik terisiga tushganda tez ta’sir qiladi. Shuning uchun uy-joy,  ro’zg’or  asboblarini,  mebel  jihozlarini  pol,  gilam,  poloslar,  deraza  tokchalarini, oynalarni doimo namlab artib turish darkor.

Ularni ko’tarib yig’ishtirayotgan paytda bemor bolani tashqariga— hovliga olib chiqish va uyni yaxshilab shamollatish lozim. Bolaning o’yinchoqlarini har kuni nam latta bilan artish yoki yuvib turish kerak.

Tukli,  gazlamadan,  sun’iy,  gubka  va  boshqa  yuvilmaydigan  materiallardan  ishlangan o’yinchoqlarni tash-lab yuborish zarur, chunki ular chang yig’adi.

Bola  yotgan  uyda  kiyinib-yechinish  mumkin  emas,  chunki  bu  chang  ajralib,  uy  havosini ifloslashi mumkin. Uyda uy hayvonlari bo’lsa, ularni bolaning oldiga qo’yish mumkin emas.

Bola  terining  allergik  kasalligiga  duchor  bo’lgan  bo’lsa(bolalar  ekzemasi,  ekssudativ diatez), uning badan terisini nihoyatda ozoda tutish zarur. Ushbu kasalliklarning zo’rayib ketishiiing oldini olish maqsadida bola terisini patlar, mo’yna, jonivorlarning yungi, jun, ipakdan to’qilgan materiallar, sun’iy tolalardan ehtiyot qilish kerak. Bunday materiallarni mebel anjomlaridan va o’yinchoqlardan olib tashlash lozim. Par yostiqlarni, patlarni chang o’tkazmaydigan  qalin  materialdan  tikilgan  yostiq  jildlariga  joylanadi.  Jun  adyollarga albatta  ip-gazlamadan  tikilgan  jildlar  kiygiziladi.  Ko’rpa-yostiq,  choyshab,  jildlar  ip-gazlamadan  yoki  zig’ir  tolasidan  to’qilgan  matodan  tikilgan  bo’lib,  yaxshi  yuvilgan  va dazmollangan bo’lishi kerak. Yuqorida ko’rsatib o’tilgan materiallarning bola terisiga tegib turmasligi uchun, avval bolaga bevosita ip-gazlama yoki zig’ir tolasidan tikilgan ichki kiyim qiygiziladi va shundan keyingina ustidan yuqorida aytib o’tilgan matolardan tikilgan kiyim kiygizish mumkin.

Bilak, bo’yin va boshqa bo’g’imlar atrofidagi terini ayniqsa ehtiyot qilish lozim, chunki terining shu joylari ko’proq ishqalanadi. Bolani sayr qildirayotganda, parvarish qilayotganda, u  bilan  o’ynaganda  terisiga  yuqorida  ko’rsatilgan  matodan  tikilgan  katta  kishilarning kiyimlari tegib ketishidan ehtiyot qilish zarur.

Bolani yuvintirganda shampun, yuqori sifatli sovun turlaridan foydalanmaslik kerak.

Yaxshisi, maxsus bolalar sovunidan foydalanish lozim.

Tashqi muhitning zararli omillari qatoriga insektisidlar, uy-ro’zg’or ximiyasi buyumlari, har  xil  yot  hidlar  kiradi.  Insektisidlardan  va  uy-ro’zg’or  ximiyasi  buyumlaridan(laklar, polirollar,  suyuq  sintetik  tozalovchi  vositalar  va  boshqalar)  yaxshisi,  bolalar  uyda bo’lmaganda,  masalan,  u  shahardan  tashqariga  saylga  yoki  qarindoshinikiga  ketgan  vaqtda foydalanish mumkin. Hidlarga kelganda, ular bola turadigan uyga oshxonadan o’tmasligi, shu jumladan, tamaki tutuni, har xil tozalovchi sintetik suyuqliklar, benzin hamda parfyumeriya va boshqa kuchli hid tarqatuvchi moddalarning bo’lmasligiga e’tibor berish kerak. Bolalarda ayrim dori moddalarga nisbatan sezgirlik yuqori bo’lsa, bu dorilarni qayta qo’llash tavsiya etilmaydi,  bulardan  nihoyatda  zarur  hollardagina(bola  salomatligi  uchun)  foydalanish mumkin. Dori preparatlari, ayniqsa antibiotiklarga bolalar sezgirligining qay darajada ekanligini aniqlash uchun allergologiya kabinetlarining xizmatidan foydalanish zarur.

Kvinke  shishi.  Kvinke  shishi  terining  ma’lum  joylarida  shish  paydo  bo’lishi  bilan xarakterlanadi. Ko’pincha kasallik birdan yuzaga chiqib, bir necha soatdan bir necha kungacha davom etishi mumkin. Bunda teri to’qimalari kamroq yoki ko’proq zararlanadi, biroz qichiydi yoki  qichimasligi  mumkin.  Allergik  reaksiya  teri  yoki  shilliq  osti  qavatlarining  chuqur qatlamlarida joylashganidan sezgir nerv oxirlari kam ta’sirlanadi.

Kvinke shishi lablar, qovoq usti, bo’yin, peshona, boshning sochli joylarida ko’p uchraydi.

Shish og’izda ham paydo bo’ladi: til, yumshoq tanglay, lunj, halqum, bodomcha bezlar shishadi.

Kvinke shishining xalqumda bo’lishi juda xavfli, chunki nafas qisishi mumkin. Me’da-ichak yo’lida ham yuzaga kelishi mumkin.

Kvinke  shishi  har  xil  allergenlarga(dori,  kosmetika,  hasharotlar  chaqishi  va  hokazo) sezgirlikning  oshishi  natijasida  ro’yobga  keladi.  Oziq-ovqat  allergenlari  ham  katta  rol o’ynaydi.

Eshakem.  Bu  allergik  reaksiyaning  terida  namoyon  bo’lishidir.  Uning  asosiy  belgisi pufakchalar  hisoblanadi.  Toshma  toshishdan  oldin  o’sha  joy  qattiq  qichishadi.  Terini qashiganda qizarib ketadi, pufakchalar terining xohlagan joyiga toshishi mumkin. Toshmalar pushti-qizil rangli, ko’pincha yumaloq shaklda— kattaligi1 tiyinlikdan5 tiyinlikkacha yoki undan kattaroq bo’ladi. Pufakchalar kattalasha borib, o’zaro qo’shilib ketadi, turli shaklda bo’lib, ba’zi odamlarda birdan to yuztagacha yetishi mumkin.

Terining  bo’sh  joylaridagi(masalan,  ko’z  va  jinsiy  a’zolar  atrofida) shish  ko’pincha kattaroq bo’ladi. Buni katta eshakemi yoki Kvinke shishi deb ataladi.

O’tkir,  surunkali  qaytalovchi,  surunkali  tugunchali  va  bolalarda  uchraydigan  eshakemi mavjud. Ularning har birida har xil belgilarni kuzatish mumkin.

O’tkir  eshakemi  ko’pincha  to’satdan  paydo  bo’ladi.  Teri  qattiq  qichiydi,  ko’p  miqdorda pufakchalar  paydo  bo’ladi.  Bemorning  umumiy  ahvoli  qoniqarli  bo’lsa-da,  lekin  ko’pincha kasallik isitma xuruji bilan boshlanib, harorat39—40″ gacha ko’tariladi. Buni eshakemi isitmasi  deyiladi.  Pufakchalar  o’tkir  eshakemida  teri  qoplamasiiing  talaygina  qismini qoplaydi. Kerakli dori-darmoplar bilap davolagandan so’ng pufakchalar yo’qoladi va eshaksmi xuruji  boshqa  tutmaydi.  Biroq  ayrim  bemorlarda  toshmalar  bir  necha  bor  qaytalaydi.

Kasallik surunkali tusga kirib, ko’p oylar va hatto yillab davom etadi. U terining kuchli qichishishi va uyqusizlik bilan kechib, bemorning umumiy ahvoliga noxush ta’sir etadi.

Surunkali tugunchali eshakemida teridagi mayda tugunchalar ham qo’shiladi. Toshmalar bir necha  hafta  va  oylargacha  saqlanadi,  bunda  yangidan-yangi  tuguncha  elementlarining  paydo bo’lishi  kuzatiladi.  Ayrim  kasallarda  tomir  devorlari  o’tkazuvchanligining  ortishi natijasida  tomirlardan  eritrositlar  ajraladi,  ular  keyinchalik  terining  shikastlangan qismida parchalanib, pigmentasiya hosil qiladi.

Bolalardagi eshakemi ham o’tkir va surunkali formada o’tishi mumkin. O’tkir eshakemi to’satdan yuzaga kelib, bunda ko’pincha harorat ko’tariladi, ba’zan me’da-ichak yo’li buzilib, bemorning umumiy ahvoli  yomonlashadi.  Kasallik  odatda  yengil  kechadi  va  asoratsiz o’tadi.

Bolalardagi  surunkali  eshakemi  boshqacharoq  o’tadi.  Ularda  pufakchalar  bilan  bir  qatorda kichikroq tugunchalar yuzaga keladi va ular yuzasida pufakchalar hosil bo’ladi. Bunday toshmalar ko’proq qo’l-oyoq bo’g’imlarining tashqi yuzasida, dumba sohasida, qorinda paydo bo’ladi va kuchli qichishish  bilan  kechadi.  Bola  yomon  uxlaydi,  qashinadi,  bu  esa  o’sha  yerdagi  terining  yaraga aylanishiga va yiring bog’lashiga olib keladi.

Eshakemi bilan og’rigan bemorni muvaffaqiyatli davolash uchun eng avvalo kasallikning kelib  chiqish  sababi(allergen)ni  aniqlash  lozim.  Ammo  bunga  hamisha  ham  erishib bo’lavermaydi. Utkir eshakemi ko’pincha ovqatlanish rejimining buzilishi natsjasida ichak yo’llari orqali organizmga ko’pgina turli zararli moddalarning so’rilishi natijasida sodir bo’ladi. Shuning uchun birinchi navbatda bolaning ichagini tozalash kerak. Surgi dori sifatida 20—25 g  magniy  sulfat  tuzi  beriladi.  Bir  necha  kungacha,  ya’ni  kasallik  o’tib  ketguncha bemorga asosai sut-qatiq, hamda o’simlik mahsulotlaridan parhyez buyuriladi. Ko’p hollarda ichimlik soda, kuydirilgan magneziy yoki ishqorli mineral suvlardan (Borjomi) foydalanish yaxshi naf beradi.

Teri  qichishishini  kamaytirish  uchun  kalsiy  preparatlari(glyukonat  kalsiy)  va Antigistaminlardan (dimedrol,  suprastin)  preparatlaridan  foydalansa  bo’ladi.  Biroq eshakemining  surunkali  va  qaytalovchi  formalariga  bunday  davo  choralari  ta’sir ko’rsatmasligi  mumkin.  Bunday  hollarda  bemorni  har  tomonlama  medisiia  ko’rigidan o’tkazishga to’g’ri keladi. Qasalda boshqa biron kasallik(jigar, buyrak kasalliklari) bormi-yo’qmi— shuni aniqlash darkor, so’ngra tegishli davo choralarini belgilash mumkin.

Eshakemiga  chalingan  bemorlarni  davolash  yaxshi  natija  bermasa,  ularga  Pyatigorsk, Masesta, Sxoltubo va boshqa kurortlarda serovodorod va rodonli vannalar qabul etish tavsiya etiladi.  Bemorning  nerv  sistemasiga  yaxshi  ta’sir  etadigan  dengiz  suvida  cho’milish  ham foydalidir.

Bolalardagi  eshakemini  davolashni  eng  avvalo  ovqatlanish  rejimiga  qat’iy  rioya qilishdan  boshlash  zarur.  Bolalarga  konserva  mahsulotlari,  shirinliklar,  tuxum,  sitrus sharbatlari  berishni  cheklash  lozim.  Chunki  bu  mahsulotlar  bola  organizmi  sezgirligini oshirib yuborishga va allergik reaksiyani qo’zg’ashga sabab bo’lishi mumkin. Bolaning ichi ravon kelishiga  erishish  lozim.  Eshakemi  kasalligi  bilan  kasallangan  bolalarda  gijjalar borligini  tekshirib  borish  darkor.  Agar  bo-lada  gijjalar  topilgan  bo’lsa,  davoni kechiktirmay boshlash kerak.

Zardob kasalligi. Qasallik zardob yuborilgach, 1—2 haftadan so’ng rivojlanadi va 2 haftacha davom etadi. Ko’pincha ukol qilingan joy yaqinidagi limfa tugunlari yallig’lanib,  kattalashadi(infiltrat yig’iladi). Umumiy darmonsizlik yuzaga keladi, harorat ko’tariladi, bo’g’imlar og’rib, harakati sustlashadi, limfa bezlari kattalashadi. Terida, ko’pincha shilliq qavatlarda qizarish alomatlari, tugunchalar paydo bo’ladi, yuzda teri qichishishi bilan bog’liq bo’lgan shish, o’tkir rinit, kon’yunktivit yuzaga keladi. Kasallik og’ir kechgan hollarda halqum shilliq qavatlarining shishishi kuzatiladi, bu esa nafasni og’irlashtiradi, bunday hollarda ko’pincha bemorni operasiya qilish zarur bo’lib qoladi.

Zardob  kasalligining  og’ir  formalarida  ichki  a’zolar— yurak,  jigar,  buyraklar zararlanadi. Shok holatini va zardob kasalligi rivojlanishining oldini olish uchun davo zardoblarini organizmga yuborilayotganda avval teri ostiga ozroq, miqdorda, bir soat o’tgach qolgan doza yuboriladi.

Zardob kasalligini davolash uchun kalsiy preparatlari, efedrin, adrenalin, dimedrol va  boshqa xil dori-darmonlardan foydalaniladi.

Terining kasbga oid allergik kasalliklari

Bularga, eng avvalo, ekzemaning bir necha turlary kiradi. Kasbga aloqador ekzema uchun kasb-kor allergenlari(xrom tuzlari, nikel, spesifik smolalar, haydalgan neft mahsulotlari, buyoqlar, bir qancha dori-darmonlar va hokazo) bilan bog’liqligi va ular ko’pincha barmoqlarda, yelka yonida, yuzda, bo’yinda, ya’ni terining maxsus himoya vositalari bilan ehtiyot qilinmagan joylariga tarqalishi xarakterlidir.

Kasb-korga oid ekzemaning ko’pchiligini teriga kuchsiz ta’sir etadigan moddalar paydo qiladi. Masalan, agar sog’ odam terisiga skipidar, novokain, penisillin eritmasi surtilsa, salbiy reaksiya kuzatilmaydi. Agar ana shu moddalar teriga bir necha oy yoki yil mobaynida takror-takror  tushsa  yoki  tegib  tursa,  bora-bora  nerv  sistemasida  o’zgarishlar  ro’y  beradi.

Organizmda shu moddalarga nisbatan o’ta sezgirlik boshlanadi. Natijada dastlab dermatit (terining yallig’lanishi) paydo bo’la boshlaydi, keyinchalik u haqiqiy ekzemaga aylanadi.

Kasbga oid ekzema rivojlangan dastlabki paytda u odatdagi ekzemadan farq qilmaydi. Kasbga  oid  ekzemaiing(va  umuman  ekzemaning) kelib  chiqishi  bir  guruh  moddalarning teriga zararli ta’sir etishi natijasida ro’y bersa-da, kasalliknipg rivojlanishida bari bir bironta kasbga doir zararli modda asosiy o’rin tutadi. Odatda, allergik dermatitda, ko’pincha, aynan bir moddaga, masalan, xrom konlarida xrom metalliga nisbatan sezgirlikning oshishi katta rol o’ynaydi.

Agar  teriga  ta’sir  etayotgan  modda(xrom) yoki  mikrobning  zararli  ta’siri  o’z  vaqtida yo’qotilmasa, u holda polivalent sensibilizasiya(allergizasiya) deb nomlangan holat sodir bo’lishi mumkin. Bunday bemor bir necha xil allergiya qo’zg’ovchi moddalarga sezgir bo’ladi va pirovardida, u uy-ro’zg’orda, sanoatda va boshqa joylarda uchraydigan allergenlar ta’sirida ekzemaga, shu jumladan kasbga oid ekzemaga uchrashi mumkin.

Ko’pincha g’am-tashvishlar, ichki kechinmalar, ekzemani noto’g’ri davolash(o’z-o’zini davolash), binobarin, boshqa biror kasallik asoratlari bemor nerv sistemasi faoliyatiga salbiy ta’sir etadi  va  bunday  holatda  ekzemaning  og’ir  formasi  ro’y  berishi  va  bemorning  ahvoli  ancha og’irlashishi mumkin.

Kasbga oid ekzemani davolash odatdagi ekzemalarni davolashdan farq qilmaydi. Davolash umumiy va ayrim a’zolarni(terini) davolash formalarida bo’lishi kerak.

Kasbga oid ekzema qanday turda va holatda bo’lmasin, uning oldini olishga doimo ahamiyat berish lozim. Bunda profilaktik chora-tadbirlar asosan uch guruhga bo’linadi:

  1. Ishlab chiqarish texnik tadbirlar(ishlab chiqarish jarayonini germetizasiyalash, maxsus korjomalar va boshqalar);
  2. Ommaviy sanitariya-gigiyena mjalalarini amalga oshirish;
  3. Individual himoya vositalaridan to’g’ri foydalanish.

Korxona ishchilari va xizmatchilarini, bemorlarni muntazam ravishda dispanser ko’rigidan o’tkazib  turish  uy-ro’zg’or,  korxonalarda  uchraydigan  va  ovqat  allergiyalarini  o’z  vaqtida aniqlashga  imkon  beradi,  kasallik  asoratlarining  oldini  oladi,  bemorlarning  samarali davolanishlariga  imkon  tug’diradi,  nihoyat  ekzema  va  boshqa  allergik  kasallardan  tuzalib chiqqan bemorlarning tegishli mehnatga safarbar etish masalalarini aniqlashtiradi.

Allergiya

K. Beluxa

Toshkent, 1988

Tarjimon Q. Boboxo’jayev

Вам может понравиться

Добавить комментарий