Ajoyib va g’aroyib ma’lumotlar

  1. XVII asrning oxiri XVIII asrning boshlarida yashab o’tgan Marokash impiratori Murek Ismoilning 888 nafar farzandi bo’lgan. Shulardan 548 nafari o’g’il 340 nafari qiz bo’lgan.
  2. Odam hayoti davomi o’rtacha 6 ta fil vazniga teng miqdorda yegulik yeydi.
  3. Shokolad itlarni o’ldiradi. Ularning yurak va asab tizimiga zarar beradi.
  4. Qog’oz pul aslida qog’ozdan emas, paxtadan yasaladi. O’tgan asrning 50-yillaridan oldin u kanop, daraxt po’stlog’i va marhuana bargidan tayorlangan.
  5. Bir stakan shampuning ichiga bir dona uzum donasini tashlasangiz uzum lift singari stakanning tupidan ustiga, yuqoridan pastga davomli tarzda tushib chiqadi.
  6. Qadimgi Rimda bir kishiga tegishli qullar guruhi familiya deb atalgan.
  7. 1918 yillardagi gripp epidemiyasi AQSH va Yevropa 20 millionidan ortiq kishining umriga zomin bo’lgan.
  8. Inson to’gri chiziq chiza oladigan yagona mavjudotdir.
  9. Mallalarning soqoli bug’doyranglilarga nisbatan tezroq o’sadi.
  10. Odam kulganida uning 17 ta muskuli harakatga keladi.
  11. Inson tanasida bir soniyada 100 mingta kimyoviy reaktiya sodir bo’ladi.

Вам может понравиться

Добавить комментарий