Abadiy akkumulyatorlar xaqida bilasizmi?

Zamonaviy gadjetlarning asosiy kamchiliklaridan biri batareyalarning xizmat muddati qisqaligidadir. Ammo texnologiya bir joyda oqsab qolgani yo`q, Kaliforniya universiteti olimlari haqiqiy mo“jiza yaratishdi.

Ular nano o`tkazgichli akkumulyatorni ixtiro qilishdi. Bu akkumulyator ming marta quvvatlantirilsa ham xuddi yangiday ishlaydi. Bunday akkumulyatorni uzoq muddat ishlatish mumkin, yangisini sotib olishga ehtiyoj tug`ilmaydi. Smartfon yoki noutbukning akkumulyatori endi haqiqatan abadiy bo`lib, yillar davomida o`z quvvatini yo`qotmaydi.

Nanoo`tkazgich yuqori o`tkazish qobiliyatiga ega bo`lib, inson sochining tolasidan ming marotaba ingichkadir. U kelajak elektronikasini yaratishda ko`makchi vazifasini o`taydi. Kamchiliklarni bartaraf etish jarayonida tadqiqotchilar bunday batareyani 200 000 marotaba quvvatlantirishga erishdilar.

Вам может понравиться

Добавить комментарий