3D ko’rish qobiliyatni susaytiradi

3 D ko’zoynaklarda kinofilmni tomosha qilish nafaqat ko’rish qobiliyatini pasaytirishi, balki muvozanatni saqlash uchun xizmat qiladigan organda salbiy o’zgarishlarni ham yuzaga keltirishi mumkin.

Amerikalik olimlar aynan shunday xulosaga kelishdi.

Mutaxassislarning fikriga ko’ra, keng o’lchamli tasvir texnologiyasi yosh avlodga ko’proq ziyon yetkazadi. Turli yosh va jinsga mansub bo’lgan ko’ngillilar ishtirokida o’tkazilgan tajriba natijalari shunday ko’rinishda bo’ldi. Oddiy uch o’lchamli filmni tomosha qilgan 30 yoshdan oshmagan har beshinchi odam ko’rish borasida aniqlikni yo’qotgani va ko’ngil behuzur bo’lishi hamda bosh aylanishini his etgan. Shu bilan birga zal o’rtasida o’tirgan tomoshabinlarda shikoyatlar hammadan ham ko’p bo’lgan.
Картинки по запросу фото 3d фильм смотреть
Massachusets universiteti olimlari uch o’lchamli filmlarga ruju qo’yish kelajakda ko’rish qobiliyati va muvozanatni saqlash tizimida jiddiy o’zgarishlar yuz berishiga olib kelishi haqida ogohlantirmoqdalar.

Вам может понравиться

Добавить комментарий