1 noyabrga qadar Toshkentda pasportlar o’rniga ID-kartalar sinov rejimida joriy etiladi

1 noyabrga qadar Toshkentda pasportlarni ID-kartalar bilan almashtirish bo’yicha sinov loyihasi joriy etiladi. Bu prezidentning «Innovatsion loyihalarni amalga oshirish va idoraviy axborot tizimlarini jadal integratsiyalashuvining tashkiliy chora-tadbirlari to’g’risida»gi qarorida nazarda tutilgan.

Hujjatda qayd etilishicha, mavjud pasportlar, tug’ilganlik to’g’risidagi guvohnomalar va shaxsni tasdiqlovchi boshqa guvohnomalar (respublika ichida) tizimi o’rniga identifikatsiya kartalari (ID-kartalari) tizimi joriy etiladi. Unda har bir fuqaro uchun yagona identifikatsiya raqami, uning shaxsiy ma`lumotlari va davlat xizmatlarini olishda shaxsni aniqlash uchun ishlatiluvchi boshqa ma`lumotlar bo’ladi. Haydovchilik guvohnomasi bundan mustasno.

1 iyulga qadar loyihani moliyalashtirish bo’yicha takliflar kiritiladi, 1 avgustgacha uning texnik-iqtisodiy asoslari tayyor bo’ladi.

1 noyabrga qadar loyiha byudjyetdan tashqari mablag’lar hisobidan Toshkentda sinov rejimida ishga tushiriladi.

manba: kun.uz

Вам может понравиться

Добавить комментарий